Mahalliy uçuvçilarni tayyorlagan aviakompaniyalarga alohida imtiyozlar beriladi
Mahalliy uçuvçilarni tayyorlaş va işga oliş majburiyatini olgan aviakompaniyalar uçun alohida yengilliklar beriladi.
Ular jalb qilgan xorijlik mutaxassislarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi. Bunday mutaxassislarga ruxsatnoma beriş uçun yiğim miqdori 30 barobar kamaytiriladi.
Yaratilayotgan şaroitlar hisobiga havo kemalarining sonini kelgusi yilda 150 taga, 2030-yilga qadar kamida 250 taga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Xalqaro aeroportlarning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş maqsadida ular 2030-yilgaça mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi. Bunda tejalgan mablağlarni aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirişga yönaltiriş şart böladi.
Prezidentimiz Özbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.
Buning uçun Yangi Toşkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi. Universitet hududida zamonaviy kampus, öquv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari joylaşadi.
ÖzA