Boş qomusimizda fuqarolarning qulay atrof-muhitga bölgan huquqi mustahkamlangan
Şu kunlarda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan joylarda turli tarğibot tadbirlari, uçraşuv va davra suhbatlari, körik-tanlovlar taşkil etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan ötkazilgan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilişning konstitutsiyaviy asoslari takomillaştirilişining tadrijiy rivojlanişi” mavzusidagi oçiq muloqot ham Boş qomusimiz qabul qilingan sanaga bağişlandi.

Tadbirda Konstitutsiyamizning mustaqil davlatçiligimiz taraqqiyotidagi tarixiy ahamiyati eʼtirof etilib, unda mustahkamlangan ekologik huquq va majburiyatlar haqida alohida söz yuritildi. Şuningdek, mamlakatimizda ekologik muammolarni bartaraf etiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, yaşil iqtisodiyotga ötiş hamda iqlim özgarişi oqibatlariga qarşi kuraşiş yönalişlarida amalga oşirilayotgan tizimli islohotlarga töxtalib ötildi.
Taʼkidlanganidek, umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada har kimning qulay atrof-muhitga bölgan huquqi, davlatning ekologik xavfsizlikni taʼminlaş borasidagi majburiyatlari hamda fuqarolarning tabiatni asrab-avaylaş böyiça masʼuliyati yanada kengaytirilgan. Bu boradagi huquq va majburiyatlar har bir insonni ekologiya va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş masʼuliyatini oşirişga xizmat qiladi.

Muloqot davomida uşbu konstitutsiyaviy normalarni hayotga tatbiq etişda parlament, jumladan, Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining qonun ijodkorligi va parlament nazorati borasida olib borayotgan faoliyati xususida ham yoşlarga batafsil maʼlumot berildi.
M.Komilova,
ÖzA