Neymar 2027-yilda «Inter Mayami»ga o‘tishi mumkin
Hozirda Lionel Messi, Kazemiro va Luis Suares to‘p surayotgan «Inter Mayami» Neymarning faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimolli variant sifatida ko‘rsatilmoqda.
«Santos» hujumchisi Neymar 2027-yil yanvarida faoliyatini «Inter Mayami»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda LIBERTA DEPRE Felipe Melo ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining 2027-yil boshidan Amerika klubida to‘p surishi uchun real imkoniyat mavjud.
Hozirda Lionel Messi, Kazemiro va Luis Suares to‘p surayotgan «Inter Mayami» Neymarning faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimolli variant sifatida ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, manba aynan «Inter Mayami» Neymarning professional faoliyatidagi so‘nggi klubga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Neymar avvalroq Lionel Messi bilan «Barselona» va PSJ safida birga to‘p surgan.