Neymar 10, Vinisius esa yettinchi raqamda to'p tepadi. Braziliya terma jamoasi futbolchilarining raqamlari bilan tanishing
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha futbolchilarning qaysi raqamlarda o'ynashini ma'lum qildi.
Braziliya terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionati uchun barcha o‘yinchilar va ularning raqamlarini e’lon qildi.
Kutilganidek, Neymar sevimli 10-raqamida harakat qiladi. Vinisius Junior yettinchi, Rafinya esa 11-raqamda chiqish qiladi. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
1 – Alisson, 2 – Uesli, 3 – Gabriel dos Santos, 4 – Markinos, 5 – Kazemiro, 6 – Aleks Sandro, 7 – Vinisius, 8 – Bruno Gimaraes, 9 – Kunya, 10 – Neymar, 11 – Rafinya, 12 – Veverton, 13 – Danilo, 14 – Bremer, 15 – Leo Pereyra, 16 – Duglas Santos, 17 – Fabinyo, 18 – Danilo Santos, 19 – Endrik, 20 – Paketa, 21 – Luis Enrike, 22 – Martinelli, 23 – Ederson, 24 – Ibanes, 25 – Igor Tyago, 26 – Rayan.
Karlo Anchelotti jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi.