Kolumbiya terma jamoasi hujum frontining joriy mavsumdagi statistikasi bilan tanishing
Ushbu 5 nafar futbolchi Kolumbiya terma jamoasining hujum frontida asosiy figuralar bo‘lishi kutilmoqda.
Jahon chempionati startiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining debyut uchrashuvini aynan Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Lotin Amerikasi vakillarining hujum chizig‘ida harakat qiluvchi futbolchilarning yakunlangan mavsumda qayd etgan natijalari bilan tanishing:
Luis Dias: Umumiy 52ta uchrashuv. 26ta gol va 23ta golli uzatma. Transfermarkt portali vingerni 70 million yevroga baholamoqda.
Luis Suares: Umumiy 53ta bellashuvda maydonga tushib, 38ta gol va 9ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning transfer narxi esa 30 million yevroni tashkil etadi.
Xames Rodriges: Terma jamoasi sardori joriy mavsumda umumiy 22ta bahsda maydonga tushgan. Hisobiga esa 3ta gol va 4ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. 34 yoshli hujumkor yarim himoyachini transfermarkt portali 2 million yevroga baholagan.
Jon Arias: Yakunlangan mavsumning dastlabki yarimini Angliyada, ikkinchi davrani esa Braziliya chempionatida o‘tkazgan futbolchi umumiy 53ta bellashuvda maydonga tushib, 8ta gol urdi va sheriklariga 3ta pasni amalga oshirdi. Vingerning narxi esa 15 million yevro etib belgilangan.
Jon Kardoba: Rossiyaning "Krasnadar" klubida to‘p tepayotgan hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 41ta uchrashuvda ishtirok etib, 22ta gol va 10 golli uzatmani amalga oshirgan. Kardobani transfermarkt portali 10 million yevroga baholagan.
Ushbu 5 nafar futbolchi Kolumbiya terma jamoasining hujum frontida asosiy figuralar bo‘lishi kutilmoqda.