Nepalda toshqin: 28 nafar politsiya xodimi bedarak
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Nepaldagi ofat qurbonlari 270 kishiga yetgan, qariyb 1500 odam, jumladan 28 nafar politsiya xodimi bedarak yo‘qolgan.
Suv toshqini oqibatida 380 dan ortiq sayyohning taqdiri noma’lumligi haqida xabar qilindi.
Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jahon tashkiloti Nepalda jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun resurs va xodimlar safarbar qilinayotgani haqida aytgan.
Xabarda tabiiy ofat oqibatida kamida 160 kishi halok bo‘lgani, 680 dan ko‘p odam bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, 13 GES va 40 kilometrlik yo‘l vayron bo‘lgan. Taxminan 200 yuk mashinasi zarar ko‘rgan, 19 ko‘prik yuvilib ketgan.
Suv va loy toshqini politsiya bo‘limi, bojxona maskani va xonadonlarni vayron qildi. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligidan xavotirda.
S.Rahimov, O‘zA