Navoiyni anglay desangiz
Alişer Navoiy merosini bugungi avlodga yetkazişda qanday qiyinçiliklar bor? Oybekning "Navoiy" romani buyuk mutafakkir şaxsiyatini anglaş, uning ğoyalarini zamonaviy islohotlar bilan boğlaşda bebaho köprik vazifasini ötaydi.
Millat ravnaqi hamişa fidokorlar uçun alohida masʼuliyat va ulkan maşaqqat sanalgan. Xususan, yurtimiz tarixida biz faxrlanadigan ajdodlarimiz talaygina. Bugungi islohotlarimiz ham aynan ularning ğoyalari va hikmatlari asosiga qurilgan, desak yanglişmaymiz. Bunda Hazrat Alişer Navoiy alohida ahamiyat kasb etadi. Turkiy tilga qayta jon ato etgan buyuk bobokalonimiz nafaqat til va adabiyot taraqqiyoti, balki millatimiz maʼnaviyati uçun ham misli körilmagan yuksaklik va teranlik baxş etgani ayni haqiqat. Sir emaski, hozirda ilgari surilayotgan Uçinçi Renessans ğoyasi, uning poydevori ana şunday allomalarimiz hikmatlari ustiga qurilmoqda.
Biroq, ötgan olti asrlik fursat Navoiyni tuşunişga, uni haqiqiy maʼnoda tanişga yetarliça qiyinçilik tuğdirmoqda. Vaholanki, biz Navoiyni tanimay turib çinakam unga muhabbat qöya olmaymiz, garçand bir qança jonkuyar navoiyşunos olimlar bunga astoydil harakat qilsalar-da. Ammo izlagan imkon topar deganlaridek, buning ham yeçimi yöq emas. Anglaganlarning vazifasi anglatişdir. Şu maʼnoda Hazrat Navoiyni anglagan va tanigan adiblarimiz borki, ular yaratgan asarlar biz kabi bugungi avlod uçun haqiqiy mayoq vazifasini ötaydi. Şunday muhim asarlardan biri Muso Toşmuhammad öğli Oybekning “Navoiy” romanidir.
Mazkur asar şunçaki tarixiy, badiiy bir ijod namunasi emas. Negaki, unda Navoiy timsoli muallifning ufurib turgan muhabbati bilan tasvirlanadi. Bu esa öquvçi qalbida Navoiyga muhabbat uyğotmay qolmaydi. Şuningdek, romanda uluğ mutafakkir, şoir va davlat arbobi bölgan bobokalonimizning hayot va ijod yöli ğoyat taʼsirçan va ravon ifodalangan. Bu ham biz uçun murakkab bölib tuyulgan Navoiy ijodini bizga yanada soddalaştiriş va yaqinlaştirişga xizmat qiladi.
–Oybekning “Navoiy” romani buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy şaxsiyatini, uning hayoti va faoliyatini anglaşda muhim ahamiyatga ega. Asarda Navoiy nafaqat isteʼdodli şoir va mutafakkir, balki davlat arbobi, adolatparvar, xalq manfaatlarini himoya qiluvçi inson sifatida gavdalantiriladi. Adib Navoiyning Husayn Boyqaro bilan munosabatlari, saroy muhitidagi ziddiyatlar, xalq farovonligi va adolat yölidagi faoliyatini tasvirlaş orqali uning insoniy fazilatlarini oçib beradi.
Şu jihatdan roman öquvçilarda Navoiy şaxsiyati, uning maʼnaviy dunyosi, hayotiy qaraşlari va ezgu maqsadlari haqida keng tasavvur hosil qilişga xizmat qiladi. “Navoiy” romanining yana bir muhim jihati şundaki, unda mutafakkirning ijodiy faoliyati uning hayoti, dunyoqaraşi va davrning ijtimoiy-maʼnaviy muhiti bilan boğliq holda yoritiladi. Oybek Navoiy ijodiga xos insonparvarlik, adolat, maʼrifat, ezgulik va komil inson ğoyalarini asar voqealari hamda obrazlar orqali oçib beradi. Natijada kitobxon Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, ularda ilgari surilgan umuminsoniy ğoyalarning ahamiyatini çuqurroq anglaydi. Garçi roman tarixiy voqealarga asoslangan badiiy asar bölsa-da, u Navoiy hayoti va ijodini örganiş, uning şaxsiyati va adabiy merosiga bölgan qiziqişni kuçaytirişda muhim örin tutadi, – deydi Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universiteti professori, navoiyşunos olim Dilnavoz Yusupova.
Şuni aytiş kerakki, maşaqqatli mehnatning mahsuli hamişa samarali bölgan. Şu maʼnoda roman yoziliş jarayoniga ham töxtalişimiz lozim. Uşbu şoh asar 1942-yil yozib tugatilgan bölsa-da, 1944-yilda naşr etilgan.
Bu roman yozilayotgan kezlari Oybek qattiq xastalangan, yozişga jisman yaroqsiz edi. Bunda uning turmuş örtoği Zarifa Saidnosirova ulkan jasorat körsatgan. Hattoki sözlaşga ham qiynaladigan Oybek aytganlarini ziyraklik bilan qoğozga tuşirgan aynan u. Şuning uçun bölsa kerak, bu asarni öqigan kişi xuddi Navoiy davrida yaşagandek, u his etgan masʼuliyatni özida tuygandek böladi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur roman bugungi yoşlarga Navoiyni tanitişda eng muhim manbalardan sanaladi. Çunki biz Navoiyni çinakam anglamay turib, uning şaxsiyati va orzu-armonlarini tuşunmay turib ijodini hazm qila olmaymiz. Quvonarlisi şuki, istiqlol yillarida mazkur asar bir neça marotaba qayta naşrdan çiqdi. Bunda asar yanada töldirilib, siyosiy tuzum sabab tuşirib qoldirilgan bir qança boblar tölaqonli eʼlon qilindi. Endilikda eng muhim vazifa kelajak avlod ongiga bu kabi asarlar orqali ajdodlar merosini yetarliça singdirişdir. Buni esa, eng avvalo özimizdan boşlaşimiz lozim. Zero, Hazrat Alişer Navoiyning özi taʼkidlaganidek:
“Öz vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, özingdin istagil”.
Şerbek Islomov,
ÖzA