Intellektual kapital - taraqqiyot formulasi
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, buyuk imperiyalarning tanazzuli yoki yuksalişi oddiy tasodif emasligini köramiz. Har qanday davlatning çinakam qudrati oltin-valyuta zaxiralari yoki ulkan hududlar bilan emas, balki millatning fikrlaydigan ongi, bilimi va intellektual salohiyati bilan ölçanadi.
Bugungi şiddatli globallaşuv va keskin raqobat davrida taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvçi kuçi - inson kapitali va jamiyatning ilğor qatlami bölgan ziyolilardir. Qaysi yurtda olimlar, ijodkorlar va fidoyi maʼrifatparvarlar qadr topgan bölsa, öşa zamin farovonlik va sivilizatsiya markaziga aylangan. Yangi Özbekiston bugun aynan şu uluğ qadriyatni davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylantirib, kelajakka mustahkam poydevor qöymoqda.
Davlat boşqaruvida ziyolilarga tayaniş va ularning aqliy salohiyatini mamlakat ravnaqiga yönaltiriş buyuk ajdodlarimiz siyosatining oltin qoidasi bölgan. Sohibqiron Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda, balki ilm-fan va bunyodkorlik homiysi edi. U har bir yurişidan söng eng mohir meʼmorlar, muhandislar, tabiblar, munajjimlar va olimlarni poytaxt Samarqandga töplagan. Maşhur arab faylasufi va sotsiologi Ibn Xaldun bilan Damaşqda ötkazgan suhbatlarida sulolalarning yuksalişi va inqirozi, xalq birdamligi hamda kuçli davlat boşqaruvi omillari muhokama qilingani, Sohibqironning ulamolarga naqadar çuqur hurmat bilan qaraganini körsatadi. Amir Temur “Kuç - adolatdadir” şiorini hayotga tatbiq etişda aynan ulamolar va donişmandlar kengaşiga tayangan, saltanat işlarini maşvarat va tajribali kişilar maslahati bilan yuritgan.
Temuriylar Renessansining çöqqisi bölgan davrda Mirzo Uluğbek davlat hukmdori bölişi bilan birga, özi ham buyuk olim edi. U Samarqandda barpo etgan madrasa va rasadxona öz davrining xalqaro akademiyasiga aylandi. Qozizoda Rumiy, Ğiyosiddin Jamşid Koşiy, Ali Quşçi kabi yuzdan ortiq olimlarga yaratilgan şaroit inson kapitaliga kiritilgan eng yorqin sarmoya bölib, uning natijasi - “Ziji jadidi Köragoniy” asari asrlar davomida jahon astronomiyasining asosi bölib xizmat qildi.
Ziyolilarga eʼtibor Yevropa Uyğoniş davrida ham alohida ahamiyat kasb etgan. XV asrda Italiyaning Florensiya şahar-davlatida hukmronlik qilgan Mediçilar sulolasi davlat mablağlarini şunçaki harbiy yurişlarga emas, balki faylasuflar, rassomlar, meʼmorlar va olimlarga homiylik qilişga sarfladilar. Ular taşkil etgan Platon akademiyasi va sanʼat maktablari Leonardo da Vinçi, Mikelanjelo kabi daholarni yetiştirib çiqardi. Natijada kiçik bir şahar-davlat Yevropaning ilm-fan, moliya va madaniy markaziga aylandi. Bu esa intellektual kapital davlat qudratini oşirişning asosiy vositasi ekanini yaqqol isbotlaydi.
Bugun jahon zamonaviy davlatçiligi tajribasi ham şuni körsatmoqdaki, tabiiy resurslarga boy, ammo inson kapitali rivojlanmagan davlatlar xomaşyo yetkazib beruvçi bölib qolmoqda. Aksinça, yer osti boyliklari deyarli yöq bölsa-da, lekin taʼlim, ilm-fan va ziyolilarga tayanuvçi davlatlar jahon iqtisodiyotini boşqarmoqda.
Ötgan asrning örtalarida kiçik, tabiiy resurslardan mahrum va qaşşoq davlat bölgan Singapur bugun dunyoning eng ilğor moliyaviy va intellektual markaziga aylandi. Boş vazir Li Kuan Yu: “Bizda neft ham, suv ham yöq, bizning yagona boyligimiz - bu odamlarimiz”, deb taʼkidlagan edi. Davlat butun byudjetni eng kuçli taʼlim tizimini yaratişga, çet eldan eng sara mutaxassislarni jalb qilişga va korrupsiyadan xoli meritokratiya tizimini qurişga sarfladi.
Yurtimizda ham sönggi yillarda taʼlim, ilm-fan va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantiriş yölida misli körilmagan qadamlar taşlandi. Xususan, oxirgi ön yilda yoşlarni zamonaviy kasb-hunar va ilmga yönaltiriş maqsadida oliy taʼlim muassasalari soni 77 tadan 215 taga yetkazildi, oliy taʼlim qamrovi darajasi esa 9 foizdan 44 foizga kötarildi. Quvonarlisi, 2025/2026 öquv yilida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarning 55,4 foizini qizlar taşkil etdi. Bu jamiyatda intellektual qatlamning keskin kengayişiga va maʼrifatli onalar avlodi şakllanişiga mustahkam zamin yaratmoqda.
2018-yil sentabrda Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan “El-yurt umidi” jamğarmasi isteʼdodli özbekistonlik yoşlarning xorijdagi nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari böyiça tahsil olişini moliyaviy qöllab-quvvatlab kelmoqda. Ötgan davr mobaynida jamğarma orqali 2500 nafardan ortiq stipendiat dunyoning 40 dan ortiq davlatiga öqişga yuborildi va bu maqsadlar uçun davlat byudjetidan 1,5 trillion söm mablağ yönaltirildi.
Bugungi kunda 1400 dan ortiq bitiruvçi Özbekistonga qaytib, iqtisodiyot, taʼlim, fan, tibbiyot va davlat boşqaruvi sohalarida samarali faoliyat yuritmoqda.
Hozirda jamğarma hisobidan har yili 700 nafarga yaqin yoşlar xorijiy oliygohlarga yuborilmoqda. Mazkur yönalişga 2025-yilda davlat byudjetidan 600 milliard söm ajratilgan bölsa, 2026-yilda bu körsatkiçni 800 milliard sömga, 2027-yilda 950 milliard sömga, 2028-yilda esa 1 trillion sömga yetkaziş belgilangan.
Şu bilan birga, mahalliy olimlar, yoş tadqiqotçilar hamda innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun vençur fondlari, ilmiy majmualar va texnoparklar faoliyati yölga qöyildi. Ilm-fanni moliyalaştiriş hajmi bir neça barobar oşirilib, doktorlik dissertatsiyalari va ilmiy işlarning amaliy natijadorligini taʼminlaşga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etildi.
Davlat boşqaruvi tizimini modernizatsiya qiliş, institutsional işonçni mustahkamlaş va oçiqlikni taʼminlaşda ziyolilarning örni hal qiluvçi ahamiyatga ega. Qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlarning hayotiyligi ularning ilmiy ekspertizadan qançalik puxta ötganiga boğliq.
Mamlakatimiz taraqqiyotida ziyolilarning rolini yanada oşiriş uçun jamiyatda har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga yuzaki yoki hissiyot bilan emas, balki aniq raqamlar, statistik tahlil va xalqaro reyting körsatkiçlari asosida baho beriş madaniyatini qaror toptiriş lozim. Ziyolilar bu borada jamiyatga xolis yönaliş körsatuvçi ekspert bölişlari şart.
Bundan taşqari, öqituvçi, olim, muhandis va ijodkorlarning jamiyatdagi nufuzini yanada yuksaltiriş, ularning ilmiy-ijodiy izlanişlarini munosib rağbatlantiriş tizimini takomillaştiriş zarur. Yoşlar örtasida kitobxonlik va xorijiy tillarni örganiş muhitini kengaytiriş orqali “aqllar oqimi”ni mamlakat içidagi “aqllar kapitali”ga aylantiriş bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Zero, qaysi jamiyatda olimlar, ijodkorlar va maʼrifatparvar fidoyilar qadrlansa, öşa yurt sivilizatsiya markaziga aylanadi. Kuçli ziyolilar qatlamiga ega jamiyatni esa heç qanday kuç taraqqiyot yölidan qaytara olmaydi.
Tarix guvohki, dunyoda buyuk imperiyalar va davlatlar öz qudratini yöqotgan bölsa-da, ilm-fan va inson kapitaliga tayangan millatlar asrlar ötsa ham öz mavqeini saqlab qolgan. Amir Temur va Temuriylar davridagi buyuk intellektual anʼanalar bugun Singapur, Janubiy Koreya kabi ilğor davlatlarning zamonaviy tajribasi va Yangi Özbekistonning keng kölamli islohotlari bilan uyğunlaşib, taraqqiyotning mustahkam poydevoriga aylanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, intellektual kapital va ziyolilar qatlami - har qanday davlatning boş taraqqiyot formulasidir. Inson salohiyatiga kiritilgan har bir sarmoya ertaga kuçli iqtisodiyot, barqaror jamiyat va farovon hayot bölib qaytadi. Zero, çuqur tafakkur va kuçli intellektual bazaga ega millatni heç qanday kuç taraqqiyot yölidan töxtata olmaydi.
Şerali MAMADETSOYEV,
Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi
Sirdaryo viloyati hududiy bölinmasi rahbari.