Globallaşuv şaroitida turizmning axloqiy tamoyillari, milliy qadriyatlar inqirozi va barqaror rivojlaniş istiqbollari
Baxtiyor MIRZARAXIMOV falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Farğona davlat universiteti Farğona, Özbekiston ORCID: 0000-0003-2241-6747 e-mail: alfargoniy.uz@gmail.com
Annotatsiya
Uşbu maqolada globallaşuv şaroitida turizmning axloqiy tamoyillari va milliy qadriyatlar örtasidagi ziddiyatlar, madaniy kommodifikatsiya (tovarlizatsiya), muqaddas qadamjolar desakralizatsiyasi hamda mahalliy jamoalarning maʼnaviy-axloqiy inqirozi tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot metodologiyasi sifat tahlili, qiyosiy-falsafiy va sotsiologik yondaşuvli ilmiy işlarini tahlil qilişga tayanadi. Tadqiqot natijasi şuni körsatadiki, ommaviy turizm milliy mehmondöstlik anʼanalarini tijoratlaştirib, uning maʼnaviy mohiyatini zaiflaştiradi. Munozara qismida UN Tourism (UNWTO) Etika kodeksi tamoyillarini milliy qadriyatlar bilan uyğunlaştiriş va masʼuliyatli turizm modelini joriy etiş yöllari asoslab berilgan.
Tayanç sözlar: globallaşuv, turizm etikasi, milliy qadriyatlar, madaniy kommodifikatsiya, desakralizatsiya, ziyorat turizmi, barqaror turizm.