Navoiy viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Navoiy viloyatida suv resurslaridan samarali foydalaniş, suğorişda suv yöqotilişini kamaytiriş hamda qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş böyiça aniq çora-tadbirlar asosida işlar amalga oşirilmoqda.
Viloyatda 2026-yilda jami 17 ming 381 gektar maydonda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilindi. Şundan 4 ming 805 gektar maydonda tomçilatib suğoriş, 2 ming 326 gektar maydonda yomğirlatib suğoriş, 721 gektar maydonda diskret suğoriş, 1 ming 257 gektar maydonda egatlarga plyonka töşab suğoriş usuli, 4 ming gektar maydonda egiluvçan quvurlar orqali suğoriş, 4 ming 272 gektar maydonda lazerli tekislaş texnologiyalari joriy etildi.

Quyi Zarafşon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasida esa tumanlarda suv tejovçi texnologiyalarni joriy qilişda va qayta işga tuşirişda kömaklaşuvçi servis guruhlar taşkil qilingan.
***
Nukus şahrida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi bölib ötdi.

Unda dunyoning 17 ta davlatidan iqtidorli öquvçilar iştirok etib, kimyo fanidan öz bilim va salohiyatlarini sinovdan ötkazdi.
Uşbu musobaqada Özbekiston şarafini munosib himoya qilgan Navoiy şahridagi 11-umumiy örta taʼlim maktabi öquvçisi Jasurbek Mustafoyev oltin medalni qölga kiritdi.
***
Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti Kimyo-metallurgiya fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari ayni kunlarda Gruziya texnika universitetida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olmoqda.

Dastur doirasida talabalar xorijiy universitetning taʼlim va ilmiy muhiti bilan yaqindan tanişiş, xalqaro akademik tajriba almaşiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi mudiri Mels Raşidov rahbarligidagi talabalar xorijiy oliy taʼlim muassasasida taşkil etilgan öquv maşğulotlari, ilmiy-amaliy uçraşuvlar va akademik tadbirlarda faol iştirok etib, zamonaviy taʼlim yondaşuvlari hamda ilğor tajribalarni örganyapti.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri