Dasturlaş yönalişida ğolib bölgan 20 ta jamoa Qozoğistondagi bellaşuvga yöllanma oldi
Toşkentda talabalar örtasida sport dasturlaş böyiça eng nufuzli xalqaro musobaqalardan biri — "ICPC Uzbekistan Regional Contest 2026" bölib ötdi.
Saralaş bosqiçidan ötgan 79 ta jamoa musobaqada qatnaşdi. Tadbirni Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, IT Park University (ITPU) va School 21 taşkil etdi. Musobaqa yakunlariga köra, 20 dan ortiq jamoa Şimoliy Yevroosiyo musobaqalarining Qozoğistonda bölib ötadigan keyingi bosqiçida qatnaşiş imkoniyatini qölga kiritdi.
Musobaqa School 21 maydonida bölib ötdi. Iştirokçilar Özbekistonning turli hududlaridagi oliy taʼlim muassasalaridan kelib, dasturlaş, maʼlumotlar tuzilmalari, matematik mantiq va algoritmlarni optimallaştiriş böyiça masalalarni yeçişdi.

ICPCda talabalar, odatda uç kişidan iborat jamoalarda qatnaşadi. Beş soat davomida iştirokçilar turli murakkablikdagi masalalarni yeçib, dasturlaş, maʼlumotlar tuzilmalari, matematik mantiq va algoritmlarni optimallaştiriş böyiça bilimlarini namoyiş etadi. Natijalar töğri yeçilgan masalalar soni va ularni yeçişga ketgan vaqtga qarab belgilanadi. Bunda jarima vaqti ham hisobga olinadi.

Musobaqa natijalariga köra sovrinli örinlarni quyidagi jamoalar qölga kiritdi:
1-o‘rin — Tashkent UIT: Attack on Contest: THE LAST ATTACK
2-o‘rin — Tashkent branch of MSU: One Last Plov
3-o‘rin — New Uzbekistan University: Three Dinosaurs
Jami töqqizta eng yaxşi jamoa sovrinlar bilan taqdirlandi. 20 dan ortiq jamoa Qozoğistonda bölib ötadigan Şimoliy Yevroosiyo musobaqalarining keyingi bosqiçiga yöllanma oldi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA