Özbekistonda 5 million dollarlik xalqaro tanlov yölga qöyiladi
2027-yil aprel oyidan boşlab Özbekistonda xorijiy startaplarni jalb qilişga qaratilgan “Land of Startups” xalqaro tanlovi ötkaziladi.
Umumiy investitsiya jamğarmasi 5 million AQŞ dollarini taşkil etadigan tanlovda 25 ta startap jamoasi 200 ming dollargaça investitsiya oliş imkoniyatiga ega böladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-oktabrdagi qaroriga muvofiq, “Land of Startups”(Startaplar makoni) xalqaro tanlovi joriy etildi. Taşabbus Prezidentning 2026-yil 11-fevraldagi qarori ijrosi doirasida amalga oşirilib, xorijiy texnologik kompaniyalarni mamlakatga jalb qiliş, texnologiyalar transferini jadallaştiriş va Özbekistonning mintaqaviy startap xabi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan.
—“Land of Startups” orqali biz xorijiy startaplarni Özbekistonga jalb qiliş bilan çeklanib qolmay, ularning mahalliy bozorga kirişi, yangi hamkorlar topişi va xalqaro miqyosda rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni yaratişni maqsad qilganmiz. Uşbu taşabbus mamlakatimizning mintaqaviy startap xabi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladi, — deydi “IT Park Uzbekistan” boş direktori Azamat Karamatov.
Investitsiyalar “IT Park Uzbekistan” direksiyasi huzuridagi vençur jamğarmasi tomonidan loyihalar çuqur örganiş jarayonidan ötkazilgaç ajratiladi.
Tanlovda Özbekistondan taşqarida röyxatdan ötgan yoki faoliyat yuritayotgan, uç nafardan ortiq aʼzoga ega xalqaro startap jamoalari iştirok etişi mumkin. Arizalar startupbase.uz platformasi orqali 30-iyungaça bepul qabul qilinadi.
Iyul oyida xalqaro ekspertlar loyihalarni baholaydi. Saralangan jamoalar 20-avgustdan 1-noyabrgaça davom etadigan “Soft Landing” dasturida qatnaşib, Özbekiston bozoriga kiriş, mahalliy hamkorlar bilan aloqalar örnatiş va biznesini rivojlantiriş imkoniyatlariga ega böladi.
Tanlovning yakuniy bosqiçi — Demo Day 15-dekabrgaça ötkazilişi rejalaştirilgan. Unda eng istiqbolli loyihalar investorlar va vençur jamğarmalari vakillariga taqdim etiladi.
Mazkur taşabbus xalqaro texnologik hamkorlikni kengaytiriş, yangi innovatsion yeçimlarni mamlakatga olib kiriş hamda Özbekistonda raqobatbardoş startap ekotizimini şakllantirişga xizmat qiladi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA