NATO ehtimoliy hujumlarga qarshi “havo ko‘prigi” tashkil etmoqchi
Germaniyaning “Bild” nashri yozishicha, NATO Estoniya, Latviya yoki Litvaga uyushtirilishi mumkin bo‘lgan har qanday harbiy tajovuzning oldini olishga qaratilgan uch bosqichli harakatlar strategiyasini tayyorladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur rejaning asosiy maqsadi dushman hujumini jadal to‘xtatish va uning harbiy salohiyatini imkon qadar zaiflashtirishdan iborat.
Strategiyaning dastlabki bosqichida raketa hamda dronlar hujumini bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun alyans qiruvchi samolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida dushman raketa majmualariga zarba beradi.
Shu bilan birga, tuzilma dushman aerodromlari va harbiy bazalariga xavf solish uchun dronlar va robotlashtirilgan tizimlarni yetkazib beruvchi maxsus “havo ko‘prigi”ni tashkil etishni mo‘ljallamoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA