Narx-navoni ko‘tarayotgan asosiy omillar (+video)
Avgust oyida O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan sabzi, piyoz, guruch va tarvuz narxlari oshdi. Bu esa tabiiy savolni tug‘diradi: hosil yetarli bo‘lsa, dalalarda mahsulot yetishtirilayotgan bo‘lsa, nega ayrim mahsulotlarning narxi ko‘tarilmoqda? Narxning oshishiga faqat hosil miqdori ta’sir qiladimi?
Yoki bunga ob-havo, mavsum, saqlash, tashish, eksport va boshqa omillar ham sabab bo‘ladimi?
Eng muhimi, yaqin oylar va kuz-qish mavsumida dasturxonimizdagi mahsulotlar narxidan nimani kutish mumkin?
Hosil va bozordagi narx o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Mahsulot yetarli bo‘lsa, narx nega oshadi? Va aholini eng ko‘p qiziqtirayotgan savol — kelgusi oylarda oziq-ovqat narxlari qanday bo‘ladi?
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari aynan ushbu savollar yuzasidan to‘xtalib o‘tishdi.
Mohichehra Eshmirzayeva,
Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA