Namanganda kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan yarmarka o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati boshqarmasida «Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!» shiori ostida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
[gallery-30389]
Unda boshqarma, Namangan shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Ijtimoiy inspeksiya viloyat boshqarmasi xodimlari o‘zlari va farzandlari uchun turli badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarni xarid qildi.
Ta’kidlanganidek, boshqarma tizimida har juma kuni o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni oshirish va ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA