Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida yangi rahbar ish boshladi
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abrorjon Alijonov Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U viloyat tibbiyoti jamoatchiligiga yangi rahbar sifatida rasman tanishtirildi.
Yangi tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA