MUSTAQILLIK SOLNOMASI: 1992 - yil (+video)
"Mustaqillik solnomasi" loyihasi mustaqilligimizning shonli 35 yili davomidagi tarixiy bosqichlar, erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini birma-bir yoritishda davom etadi.
- 1992 - yil 2 - mart O‘zbekiston Respublikasi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘ldi.
- 1992 - yil 16 - mart-Toshkentda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekistonda chet mamlakatlar ochgan birinchi elchixona edi.
- 1992 - yil 23 - mart-O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi.
- 1992 - yil 2 - iyulda "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida“gi Qaror qabul qilindi.
- 1992 - yil 8 - dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi va o‘z qarori bilan shu kunni umumxalq bayrami deb e’lon qildi.
- 1992 - yil 8 - dekabr Qabul qilingan yangi Konstitutsiyada parlament nomi Oliy Majlis deb atalashi belgilab qo‘yilgan.
- 1992 - yil 10 - dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini tasdiqladi.
- 1992 - yil 29 - dekabr – Har yili 14-yanvar kunini Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qonun qabul qildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Y8hxzIAzzMA" title="Mustaqillik solnomasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA