Mustaqillik ijodkorlar taqdirida
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan keyingi o‘n yilda ijod ahliga yaratib berilgan sharoit chin ma’noda iste’dodlar kashf etish va yuzaga chiqarish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Buni birgina Toshkent viloyati misolida ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-iyun kuni o‘tkazilgan madaniyat, san’at va adabiyot xodimlari bilan sohalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuvi ijod ahliga g‘amxo‘rlikning oliy namunasi bo‘ldi. Yaratilajak sharoit va imkoniyatlar matbuot sahifalarida keng yoritildi. Uni keng qamrov bilan sharhlash va chuqur tahlil etishga ushbu kichik maqolada imkon yo‘q, albatta.
So‘nggi besh yilda viloyatimizda ham adabiyot muhiti tom ma’noda o‘zidan ikki bosh balandga sakradi. Yillar davomida amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan rejalar, orzular ro‘yobini ko‘rish bizga nasib etmoqda. Avvalo, ijod ahliga munosabat o‘zgardi – inson qadri ulug‘langan mamlakatda shoir va yozuvchilar eng hurmatli, izzatli kishilar toifasiga kirdi. Ular haqiqatan ham erkin fuqarolarga aylandi.
Oddiy bir niholga ham e’tibor berib, tagini yumshatib, suvini berib tursangiz, ko‘karadi, unib-o‘sib, meva tuga boshlaydi. Shunday ajoyib sharoitlar bois viloyatimizda adabiy muhit jonlandi. Bundan o‘n yil avval Uyushmaning viloyat bo‘limlari idorasi tugul asosiy apparat binosini topish ham ancha mushkul edi. Chunki ijarama-ijara yurib, ko‘chaverib, ijodkorlarning ham hafsalasini pir qilgandi. Bugun Nurafshon shahridagi Adiblar xiyoboni uzra yastangan muazzam bino – adabiyot saroyini ko‘rib, yuqoridagi gaplarga ishonish qiyin. Xuddi doim shunday, adibu shoirlarga e’tibor hamisha baland bo‘lgandek tuyular, balki. Ammo nimani unutsak ham, o‘tgan kunlarni yodda saqlash, hamisha to‘g‘ri xulosa qilish, imkoniyatlar zamiridagi erkinlikning qadriga yetmoq lozim.

Shu o‘rinda yana bir tarixiy hodisani aytib o‘tmasak bo‘lmas. 2022-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limining qayta ta’mirlangan binosi va o‘ziga tutash hududda bunyod etilgan kutubxonasi ochildi.
Ajoyib anjumanda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov ishtirok etib, ko‘zlari quvonchdan porlab ketgani hamon yodimda. Bir paytlar na nomi, na joyi bo‘lgan viloyat bo‘limlarining bu qadar izzatga sazovor bo‘lishini nuroniy ijod ahli orzu ham qilolmagan-da! Uyushmaning viloyat bo‘limida shunday bino bo‘lsa-ya! Yana muhtasham kutubxonasi bilan birga savlat to‘kib turishini qarang!
Bundan tashqari, ortda qolgan yetti-sakkiz yil ichida o‘ndan ziyod taniqli yozuvchi va shoirlarning tavallud sanalari keng nishonlandi hamda bir necha o‘nlab ijodkorlarning yangi kitoblari chop etildi, joylarda ularning taqdimotlari o‘tkazildi. Birgina misol, Bo‘stonliq tumanida tavallud topgan jadid adabiyotining atoqli namoyandasi, shoir, xattot va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlab Xondayliq qishlog‘ida katta adabiyot va ma’naviyat bayrami bo‘lib o‘tdi. Sana munosabati bilan Sidqiy Xondayliqiy nomidagi xalq kutubxonasi barpo etildi, adibning yangi saylanmasi chop etilib, adabiyotsevarlarga tuhfa etildi. Vaholanki, Sidqiy boboning kamtarin kitobi ancha yillar avval chop etilgan, qariyb yo‘qolib ketish arafasida turgandi.
Shuningdek, 2021-yilda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Nurafshon ilhomlar” va “Bo‘ka jilg‘alari” almanaxlari nashrga tayyorlanib, Uyushma маблағlari hisobiga chop etildi. “Nurafshon ilhomlar” to‘plami taqdimoti tantanali ravishda o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi ishtirok etdi. Kitobga viloyatimizda tug‘ilib, ijod qilayotgan yosh qalamkashlarning sara she’rlari, hikoyalari, badiiy tarjima va badiiy publitsistik maqolalari kiritilgan edi. O‘sha kuni viloyat rahbari eng yaxshi ijodkorlarga kitobning o‘zi kam deb, kompyuter va boshqa qimmatli esdalik sovg‘alarini tuhfa qildi. Harqalay, bugunning bolalari qog‘ozu qalamni tejaydi – yangi bitiklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon, planshet yoki kompyuterga yozaveradi.
Bundan tashqari, bolalar shoiri Asom Ziyomatovning “Yillar in’omi”, Shavkat Turobning “Oq tulpor”, Soyim Ishoqning “Yulduz ko‘kda so‘nadi”, қолаверса, Abdujalol Rahimning “Abu Ali Ibn Sino” trilogiyasi (uchta kitob) nashr etildi. Bu kitoblar ham bevosita Uyushmaning viloyat bo‘limi tomonidan nashrga tayyorlanib, Uyushma mablag‘lariga bosildi.
Eng quvonarlisi, Uyushmaning viloyat bo‘limi tashabbusi va mablag‘lari bilan “Birinchi kitobim” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Uning ilk seriyasida viloyatlik besh nafar yoshlar – Gulhayo Uralova (Bekobod tumani)ning “Ruhafzo”, Oybek Akbarov (Yangiyo‘l tumani)ning “Guldaxan”, Shoira To‘laganova (Ohangaron tumani)ning “Yo‘l boshida”, Bonu Sarimova (Yuqori Chirchiq)ning “Baxt bo‘lsam kerak” nomli she’riy to‘plami va Otabek Bakirov (Angren shahri) ning “Umid” nomli publitsistik maqolalar to‘plami nashr etildi. O‘zimizning kutubxonada unutilmas taqdimot o‘tkazildi. Mazkur to‘plamlar mualliflari respublika yosh ijodkorlarining nufuzli Zomin seminarida ishtirok etgan. Gulhayo Uralova shu yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo‘ldi.
Ayni paytda Uyushma a’zolari safidagi 80 dan ziyod ijodkor Toshkent viloyatida yashayotgani, shu hududda ijod qilayotgani e’tiborga molikdir. Yaqin oylar, yillarda ularning safi yanada kengayishi turgan gap. Mazkur qalam ahlining 40 dan ziyodi 2021-2025-yillar oralig‘ida Uyushma a’zoligiga qabul qilingani bugungi odilona, oqilona siyosat ochgan yo‘l, ulkan imkoniyatning bir qismidir. Xususan, kuni kecha Bekobod tumanida bo‘lib o‘tgan Mustaqillik bayrami tantanalari bahonasida mahalliy ijodkorlardan naq besh nafari Uyushma a’zoligiga qabul qilindi. Bir kunda bir viloyatdan besh nafar a’zo! Bunaqasi qachon bo‘lgan?!
Viloyatlik ijodkorlarning o‘tgan davr mobaynida 100 dan ziyod she’riy, nasriy va boshqa janrlarga oid kitoblari, to‘plamlari chop etildi. Sara asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilinib, dunyoning ko‘plab adabiy nashrlarida, elektron to‘plamlarida chop etildi. Shuningdek, ular turli tanlovlarda, xalqaro anjumanlarda faol. Davlat mukofotlari va boshqa nufuzli e’tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.
Uyushmaning viloyat bo‘limi qoshida “Nurli qadam” ijodiy to‘garagi faoliyat yuritadi. Shuningdek, viloyatimizning 7 tuman va shahrida (Bekobod, O‘rta Chirchiq, Nurafshon, Parkent, Piskent, Quyi Chirchiq, Angren) ham adabiy to‘garaklarimiz ishlayapti, ularning rahbarlariga Uyushmaning viloyat bo‘limi hisobidan maosh tayinlangan. Yaqin yillarda mazkur adabiy to‘garaklar sonini ko‘paytirib, viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlarni to‘liq qamrab olishni rejalashtiryapmiz. Bu borada bizga joylardagi fidoyi yozuvchi va shoirlarimiz hamda “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” (SQB) ning ma’naviy va moddiy ko‘magiga tayanmoqchimiz.
Yuqorida aytilganidek, har yili taniqli shoir va yozuvchilarning yubileylari munosabati bilan respublika darajasidagi adabiy tadbirlar tashkil etilayotgani Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati hamda adabiy жамоатчiлiк tomonidan e’tirof etiladi. Biz faqat bu bilan cheklanmay, keksa va ehtiyojmand Uyushma a’zolari holidan xabar olish, hayot va ijodga ilhomlantiruvchi umidbaxsh loyihalar ustida ham ishlayapmiz. Zero, yaxshi ijodkor noyob hodisa, uni asrab-avaylash, yozishi, qalam tebratishiga sharoit yaratish lozim.
Darvoqe, binomizning birinchi qavatida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi joylashgan. Ikki ijodiy jamoa, ijodiy tashkilot bir joyda, baqamti-hamjihatlikda faoliyat yuritayotgani Toshkent viloyati adabiy muhitining kuchi, qudratidan darak beradi. Unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli jurnalist, mohir publitsist Rahmatilla Sheraliyev rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati binosida “Adabiyot ziyosi” adabiy-badiiy, rangli gazetasi ham faoliyat yuritmoqda. 2019-yilda Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi muassisligida ochilgan ushbu nashr ayni paytda 12 sahifada, to‘liq rangli тасвiрda nashr qilinyapti. Hozirgi adadi 6000 dan ziyod. Aytish kerakki, Toshkent viloyati bo‘limi boshqa viloyat bo‘limlari orasida o‘z nashriga ega bo‘lgan yagona hududiy muassasa hisoblanadi. Tahririyatda 10ga yaqin xodim ish bilan ta’minlangan.
Yuqorida aytganimizdek, ayni paytda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi faoliyat yuritayotgan binoga tutash hududda hokimimiz Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan qad rostlagan zamonaviy kutubxonada 4000 ga yaqin kitoblar, badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari bor. Kutubxonaga bir nafar kutubxonachi ishga olingan va ayni kunlarda kutubxona yetti yoshdan yetmish yoshgacha o‘quvchilariga ega. Yana bir yaxshi tomoni, ushbu kutubxona Uyushmaning va viloyatning ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlariga oshyon bo‘lmoqda.
Jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 35 yilligi 1-sentabr kelmasidanoq joylarda boshlanib ketgan ayni shukuhli kunlarda erishilgan yutuqlarga bir qur nazar solish boshqacha baribir. Bu ijod ahlini yashashga, yaratishga da’vat etadi. Aslida bular o‘tgan davr mobaynida qilingan ishlarning bir qismi. Yozsak, ularning o‘zi bir kattagina kitobga joylashadi. Biroq maqsadimiz – yutuqlarni birma-bir sanash emas. Balki Mustaqillik ne’matining ijod ahli, xususan, Toshkent viloyatlik ijodkorlar taqdiriga qay tarzda ta’sir etganini ochiqlash edi. Istagimiz – istiqlol tufayli yuzlab iste’dodlar yuzaga chiqqani, ming-minglab kitoblar chop etilib, muxlislar qo‘liga yetib borayotgani, xullas, ijodkorlarga davlat miqyosida ulkan e’tibor va rag‘bat ko‘rsatilayotganini e’tirof etishdir.
Ammo iste’dodli yoshlarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahnamoligida Toshkent viloyati ijodiy birлашмасining 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan bir qator ish rejalari tuzilgan.
Jumladan, iste’dodli yoshlarni kashf etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari yanada jadallashadi. Xususan, “Yangi ovozlar” viloyat adabiy laboratoriyasi tashkil etilib, yosh ijodkorlar uchun “Nurafshon” televideniyesida “Yolqin” teletanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu tanlovlar шартларi ommaviy axborot восiтаlarida e’lon qilinadi. Shuningdek, ‘‘Birinchi kitobim’’ ijodiy loyihasi davom ettirilib, viloyatimizdagi boshlovchi qalamkashlarning eng sara she’rlari jamlanib, ilk to‘plamlari chop etiladi. “Yangi dramaturglar” loyihasi, tuman va shaharlarda kitob festivallarini o‘tkazish kabi yangi-yangi rejalarimiz borki, albatta, ular viloyatimiz taniqli ijodkorlari va yoshlarisiz, Toshkent viloyati hokimligi rahnamoligisiz o‘tmaydi.
Inchunin, bundan buyog‘iga faol bo‘lish, ko‘ngilda borini tafakkur qalamida poklik daftariga yozish kerak. Shunda o‘zbek milliy adabiyoti yanada yuksaladi va boshqa ayrim yetakchi sohalar qatori dunyoni zabt etadi.
Mahmud Toir,
Xalq deputatlari Toshkent viloyati
Kengashi deputati, senator,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Toshkent viloyati bo‘limi rahbari,
O‘zA