Musobaqada 68 jamoa kurashmoqda
Poytaxtimizda 2006-2010 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida “Navro‘z kubogi” bahslari start oldi.
Poytaxtimizda 2006-2010 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida “Navro‘z kubogi” bahslari start oldi.Toshkent shahar futbol federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur turnirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatidan tashqari qolgan barcha hududdan kelgan 68 ta jamoa g‘oliblik uchun maydonga tushmoqda. Musobaqalarda Olmaota shahridan tashrif buyurgan jamoa ham ishtirok etayotir.
Musobaqa 27 martga qadar davom etadi.




