Musobaqa g‘oliblari aniqlandi
Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni terma jamoalarga jalb etish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada yoshlar sportning qator turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Farrux Fayziyev, Omad Hasanov, Jumaniyoz Jabborov, Jasur Naumov, Safarali Otaboyev, Dono Ergasheva, Yoqutxon Xolbekova, Shohista Ergasheva turli masofalarga yugurish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Nayza otishda Iroda Rustamova, yadro uloqtirishda Aziz Ibrohimov, uzunlikka sakrashda Bekjon Chevarov, Yeseniya Xlebalina shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
G‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.