Murojaatlar kamaydi, ammo...
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga joriy yilning 9 oyida samarqandlik 39 ming 678 nafar fuqarodan 62 ming 703 ta murojaat tuşgan. Ötgan yilning şu davri bilan qiyoslaganda murojaatlar 6 foizga kamaygan.
Bundan ön yil avval taşkil etilgan mazkur Prezidentning xalq bilan muloqot tizimi ötgan davr mobaynida davlat organlari va aholi örtasidagi yaqinlikni taʼminlab, fuqarolarning murojaat qiliş huquqlarining amalda kafolatladi. Odamlarni yillar davomida qiynab kelgan masalalarga yeçim topildi, köplab muammolar hal etildi. Ammo mamlakatimizdagi islohotlar jarayonlari, bosib ötilgan yöl va zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanişi tizim faoliyatini yanada takomillaştirişni taqozo etdi.
Davlatimiz rahbarining şu yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali taşkil qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni şu ehtiyojdan kelib çiqib, aholi bilan davlat organlari örtasida oçiq va samarali muloqotni taʼminlaş, fuqarolarning murojaat qiliş huquqini sözsiz amalga oşiriş orqali ularning davlat boşqaruvidagi iştirokini yanada kengaytiriş maqsadida qabul qilindi.
– Mazkur farmon Xalq qabulxonalari faoliyatini tubdan takomillaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi, – deydi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri örinbosari Xurşid Oçilov. – Eng muhim özgariş – Xalq qabulxonalarining yagona vertikal tizimi joriy etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar, Toşkent şahar hamda tuman va şahar hokimlari tegişli Xalq qabulxonalariga jamoatçilik asosida rahbarlik qiladigan böldi. Virtual qabulxona axborot tizimiga kelib tuşgan murojaatlarni “şoşilinç”, “odatiy” va “maslahat talab qiluvçi” toifalariga ajratilişi belgilandi. Körib çiqilişi belgilangan muddatdan ötib ketgan murojaatlar ijro uçun avtomatik ravişda yuqori turuvçi davlat organiga ötkazilişi yölga qöyildi. Nazoratga qaytarilgan murojaatlar esa yuqori turuvçi organlar tomonidan 3 iş kuni içida qayta örganib çiqiladi. Endilikda har olti oyda davlat organlari va taşkilotlarining murojaatlar bilan işlaş samaradorligi reytingi eʼlon qilib boriladi. Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan talabnoma va körsatmalar bajarilmagan taqdirda, tegişli materiallar çora köriş uçun prokuratura organlariga yuboriladi.

Hujjat bilan Xalq qabulxonalarining nafaqat taşkiliy tuzilmasi, balki aholi murojaatlari bilan işlaş samaradorligi ham özgardi. Yilning uçinçi çoragi yakunlari böyiça tahlillar viloyatdan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga murojaatlar ötgan yilning mos davriga nisbatan kamayganini körsatsa-da, ayrim tuman (şahar) va sohalardagi rahbarlarning uşbu yönalişdagi işlarga yetarli eʼtibor qaratmagani oqibatida murojaatlar soni oşgan. Masalan, Urgut tumanida murojaatlar 6 foizga (318 taga), Samarqand şahrida 3 foizga (332 taga), Kattaqörğon tumanida 2 foizga (81 taga), Narpay tumanida 1 foizga (22 taga) köpaygan. Şuningdek, viloyat ijtimoiy himoya boşqarmasi, gaz va elektr taʼminoti korxonalari, soğliqni saqlaş boşqarmasi, kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi, soliq boşqarmasi, maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasiga ham murojaatlar soni oşgan.
Viloyat aholisidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga tuşgan murojaatlarda eng köp kötarilgan 102 ta masala soni joriy yilda 149 foizga köpaygan. Jumladan, pensiya tayinlaşda iş stajining ayrim davrlari hisobga olinmaganligi masalasi 36 foizga, hokim yordamçisidan kreditga tavsiyanoma oliş masalasi 124 foizga, bank kartalari bilan boğliq murojaatlar 192 foizga, gaz ballonlar bilan boğliq masalalar 29 foizga, elektr hisoblagiçlarga doir murojaatlar 288 foizga oşişi kuzatildi. Bundan taşqari, ijtimoiy himoya boşqarmasi masʼul bölgan bolalar nafaqasi bilan boğliq murojaatlar eng köp qayd etildi.

X.Oçilovning taʼkidlaşiça, ötgan davrda kelib tuşgan 62 ming 703 ta murojaatning 18 mingga yaqini ijobiy hal etildi. Afsuski, ayrim davlat organlari, taşkilot rahbar va masʼullarining arizani yopiş bilan çeklanib, undagi masalani yoki muammoni hal qilişga eʼtibor qaratilmaganligi sababli takroriy murojaatlar ötgan yilning mos davriga nisbatan 26 foizga (1943 taga) oşgan. Jamoaviy murojaatlar esa 505 tani taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 32 foizga kamaygan. Faqatgina Qöşrabot (5 foizga) va Kattaqörğon (3 foizga) tumanlarida bunday murojaatlar oşişi kuzatilgan. Biroq, kelib tuşgan jamoaviy murojaatlar ijobiy hal etiş borasidagi işlar yaxşi emas. Xususan, Oqdaryo tumanidan kelib tuşgan 18 ta jamoaviy murojaatning birortasi ijobiy hal etilmagan, faqat tuşuntiriş beriş bilan çeklanilgan.

– Aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir körsatayotgan muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularning amaliy yeçimini taʼminlaşdagi olib borilayotgan işlar samaradorligini tubdan oşiriş maqsadida bir qator taşabbuslarni amalga oşiryapmiz, – deydi X.Oçilov. – Jumladan, aholi muammolarini hal etiş, ular bilan muloqot tizimi samaradorligini yanada oşiriş maqsadida “Samarqand tajribasi” sifatida xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatlari bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullarni taşkil etiş yölga qöyildi. Har hafta şanba kuni joylarda viloyat Xalq qabulxonasi tomonidan davlat organlari va taşkilotlar rahbarlari iştirokida sayyor qabullarni ötkaziş amaliyoti joriy qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini joyida körib çiqiş, ularga huquqiy yordam körsatiş hamda odil sudlovni xalqqa yanada yaqinlaştiriş maqsadida, har hafta payşanba kuni viloyat Xalq qabulxonasida viloyat sudi raisining sayyor qabuli ötkazilmoqda. Yaqinda xalq deputatlari viloyat Kengaşiga faoliyatimiz yuzasidan bergan hisobotimizni muhokama qiliş jarayonida viloyatda aholi murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş, takroriy va jamoaviy murojaatlarni kamaytiriş, murojaatlarni körib çiqiş sifati hamda masʼul idoralar faoliyatini yanada takomillaştiriş maqsadida aholi kayfiyatiga taʼsir qilayotgan masalalar böyiça sessiyalarda davlat organlari va taşkilotlari hududiy bölinmalari rahbarlarining hisobotlarini eşitiş taklifi bildirildi. Yana bir muhim masala – yilning töqqiz oyida kelib tuşgan jami murojaatlarning 10 foizi (6567 tasi) oilaviy nizolarga barham beriş, aliment tölovçilar va oluvçilarning oilalarini yaraştiriş hamda meros masalasi bilan boğliqligidan kelib çiqib, tegişli idoralar masʼullaridan iborat işçi guruh taşkil etiş taklifini bildiryapmiz. Bu işçi guruh mazkur turdagi murojaatlarni kompleks ravişda körib çiqiş va hal etişga kömaklaşişi közda tutilgan.
Ğolib Hasanov, ÖzA muxbiri