Moliyaviy ehtiyojlarni hisoblaş yondaşuvlari muhokama qilindi
Özbekistonda ijtimoiy xizmatlar sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida muhim uçraşuv bölib ötdi. Unda Jahon banki iştirokida bolalar va oilalarga körsatiladigan xizmatlar qiymatini hisoblaş metodologiyasi muhokama qilindi.
Mamlakatimizda ijtimoiy xizmatlar sifatini yangi darajaga olib çiqiş yölida tinimsiz izlanişlar olib borilmoqda. Natijada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ham bir qança zarur qulayliklarga ega bölmoqda.
Ana şunday islohotlarning davomi ölaroq, Ijtimoiy himoya milliy agentligida Jahon bankining “Inson” loyihasi doirasida bolalar va oilalarga yönaltirilgan ustuvor ijtimoiy xizmatlar qiymatini hisoblaş metodologiyasini işlab çiqişga bağişlangan uçraşuv ötkazildi.
Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegişli tarkibiy bölinmalari, AQŞning “Mayestral International” kompaniyasi ekspertlari, Jahon banki, UNICEF, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda “Ernst & Young” kompaniyasi vakillari iştirok etdi.
Xizmatlar qiymatini milliy standartlar asosida hisoblaş, ularni körsatiş uçun zarur mehnat va moddiy resurslarni aniqlaş hamda mutaxassislar iş yuklamasini baholaş masalalari muhokama qilinib, hisob-kitoblarda hududiy farqlar, inflyatsiya va byudjet imkoniyatlarini inobatga oliş böyiça xalqaro tajriba yuzasidan fikr almaşildi.
Taşrif davomida xalqaro ekspertlar tomonidan ustuvor ijtimoiy xizmatlar qiymatini hisoblaş va kelgusi beş yil uçun moliyaviy ehtiyojlarni prognozlaşga möljallangan elektron vosita taqdim etilişi rejalaştirilgan bölib, uşbu vosita xizmatlarni moliyalaştiriş uçun zarur mablağlarni asosli rejalaştirişga kömaklaşişi közda tutilmoqda.
Uçraşuvda byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş va ijtimoiy xizmatlarning barqarorligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Qayd etilişiça, mazkur yönalişdagi işlar “Maestral International” ekspertlarining 9-13-noyabr kunlaridagi taşrifi doirasida davom ettiriladi.
Şerbek Islomov,
ÖzA