«Haj–2027»: hojilar roziligi yölidagi hamkorlik va masʼuliyat
Saudiya Arabistonida ötkazilayotgan Haj xizmatlari xalqaro körgazmasi va konferensiyasi doirasida Özbekiston delegatsiyasi qator muhim uçraşuv va muzokaralarda iştirok etmoqda. Asosiy maqsad — «Haj–2027» mavsumini yuqori saviyada taşkil etiş, yurtdoşlarimiz uçun munosib şaroitlar yaratiş va ziyoratçilarga xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş.
Muqaddas Haj safari har bir musulmon qalbidagi eng ezgu orzulardan biri. Bu muborak safarning har bir bosqiçi puxta tayyorgarlik, yuksak masʼuliyat va alohida eʼtiborni talab etadi. Zero, ziyoratçilarning xotirjamligi, ibodatlarini tölaqonli ado etişi va Vatanga soğ-salomat qaytişi, avvalo, safarning qay darajada puxta taşkil etilganiga boğliq.
Ana şu ezgu maqsad yölida 7–11-noyabr kunlari Özbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonida bölib ötayotgan Haj xizmatlari xalqaro körgazmasi va konferensiyasida iştirok etmoqda. Taşrif doirasida «Haj–2027» mavsumiga tayyorgarlik köriş, xizmatlar sifatini oşiriş va Saudiya Arabistonining masʼul idoralari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan muzokaralar ötkazilmoqda.

Delegatsiya tarkibidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-maʼrifiy masalalar böyiça maslahatçisi Muzaffar Komilov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi Orifxon Zakirov, «Haj» va «Umra» masalalari böyiça attaşe Şuhrat Amoniy hamda soha mutaxassislari örin olgan.
Anjumanning muhim jihati şundaki, unda Haj xizmatlarini taşkil etişda zamonaviy yondaşuvlar, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt imkoniyatlari va innovatsion loyihalar taqdim etilmoqda. Bunday yeçimlar ziyoratçilar harakatini samarali muvofiqlaştiriş, xizmatlar sifatini nazorat qiliş va xavfsizlikni taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston delegatsiyasi taşrif davomida bölğusi hojilar uçun möljallangan mehmonxonalar, transport va ovqatlaniş xizmatlari bilan tanişiş, Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylaridagi şaroitlarni örganiş, tibbiy xizmat körsatiş tizimi hamda Haj jarayonlariga masʼul idoralar bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Şuningdek, soha mutaxassislari iştirokidagi öquv-seminarlarida qatnaşiş ham taşrif dasturidan örin olgan.
Strategik hamkorlik va samarali muloqot
Taşrifning muhim voqealaridan biri Özbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati örtasida bölib ötgan uçraşuv böldi.
Unda Saudiya Arabistoni Haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia Özbekiston delegatsiyasi bilan «Haj–2027» mavsumini yuqori darajada taşkil etiş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuv avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Saudiya Arabistoni Podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd Muhammad bin Salmon Ol Saud örtasidagi döstona munosabatlar va özaro işonçga asoslangan köp qirrali hamkorlik izçil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, turizm va qişloq xöjaligi sohalarida erişilayotgan natijalar bilan bir qatorda, ziyoratçilarga munosib xizmat körsatiş borasidagi hamkorlik ham muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Saudiya Arabistoni Haj va umra vaziri doktor Tavfiq ar-Rabia Özbekistonda Prezident rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi. Xususan, diniy-maʼrifiy sohadagi ijobiy özgarişlar, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari, şuningdek, ziyoratçilar uçun yaratilayotgan qulayliklar alohida eʼtirof etildi.
Vazir Özbekistonga avvalgi ikki taşrifi davomida mamlakatimizdagi jadal taraqqiyot va keng kölamli bunyodkorlik işlariga guvoh bölganini mamnuniyat bilan taʼkidlab, yurtimizga yana taşrif buyuriş niyati borligini bildirdi.
ÖzA muxbiri
N.Usmonova tayyorladi.