Mulk huquqi eʼtirof etildi
Mamlakatimizda fuqarolarning yer va köçmas mulkka bölgan huquqlarini qonuniy jihatdan eʼtirof etiş, yillar davomida foydalanib kelinayotgan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino-inşootlarning huquqiy maqomini belgilaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Bu islohotlardan közlangan asosiy maqsad – aholining mulkiy manfaatlarini himoya qiliş, köçmas mulk bilan boğliq muammolarga qonuniy yeçim topiş va fuqarolarning mulkdor sifatidagi huquqlarini mustahkamlaşdir.
Çunonçi, özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari va ularda qurilgan bino-inşootlarga bölgan huquqlarni qonunçilikda belgilangan tartibda eʼtirof etiş orqali minglab fuqarolarning yillar davomida hal etilmay kelayotgan masalalariga yeçim topilmoqda.

Bu borada Namangan viloyatida muhim natijalarga erişilmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengaşining yigirma yettinçi sessiyasi qarori bilan yana 7 ming 184 nafar fuqaroning yer va mulkka bölgan huquqi eʼtirof etildi. Şu tariqa, viloyat böyiça mulk huquqi qonuniy eʼtirof etilgan fuqarolar soni 22 ming 227 nafarga yetdi.

Mazkur körsatkiçlar ortida minglab oilalarning mulkiy muammolariga yeçim topilgani, ularning qonuniy manfaatlari himoya qilingani va uzoq yillik orzulari röyobga çiqayotgani mujassam.

– Mulk huquqining qonuniy eʼtirof etilişi fuqarolarga öz uy-joyi va yer uçastkasidan qonuniy foydalaniş, uni sotiş, hadya qiliş, meros qilib qoldiriş hamda boşqa mulkiy bitimlarni amalga oşiriş imkonini beradi, – deydi Namangan viloyati adliya boşqarmasi boşliğining örinbosari Uluğbek Ismatullayev. – Eng muhimi, mulkning huquqiy maqomi belgilanişi fuqarolarning ertangi kunga işonçini oşiriş, köçmas mulk sohasida qonuniylikni taʼminlaş va hududlarda mulkiy munosabatlarni tartibga solişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri