Ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam körsatilmoqda
Mamlakatimizda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qöllab-quvvatlaş hamda xonadonlarda energiya samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 28-oktabrdagi «Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga muvofiq, 2026/2027-yilgi isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilişning yangi mexanizmlari belgilandi. Jumladan, bir martalik moddiy yordam ajratiş, kommunal xarajatlar uçun kompensatsiya tölaş hamda energiya taʼminoti bilan boğliq qator imtiyozlar beriş nazarda tutilgan.
Bu borada Buxoro viloyati Vobkent tumanining Çangaron mahallasida ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Mahalladagi ijtimoiy xodim Zarina Hojiyeva xonadonlarga taşrif buyurib, oilalarning turmuş şaroiti va ehtiyojlarini örganiş asosida manzilli kömak berilişini taʼminlamoqda.
[gallery-32680]
Ötgan yili mahalladagi qariyb 50 ta, joriy yilda esa 45 ta oilaga bir martalik moddiy yordam ajratildi.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA