Misrlik teleboshlovchi giyohvand moddalar bilan bog‘liq ish bo‘yicha o‘lim jazosiga hukm qilindi
Qohira jinoyat sudi teleboshlovchi Sara Xalifa va yana 11 kishini sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqarish hamda tarqatish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh tuzganlikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi.
Таъкидланишича, иш бўйича жами 28 киши айбланмоқда. Айбланувчиларнинг тўққиз нафари умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилинди, еттитаси эса оқланди.
Misr ommaviy axborot vositalarining yozishicha, tergovda guruhning giyohvand moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyoni xorijdan import qilgani, so‘ng ularni tayyorlab, tarqatgani aniqlangan. Tergov davomida rasmiylar 750 kilogrammdan ortiq giyohvand modda va xomashyoni musodara qilgan, shuningdek, ikkita uydan noqonuniy qurol va o‘q-dorilar topilgan.
39 yoshli Xalifa Misrda “Bajarib bo‘lmaydigan vazifa” dasturining boshlovchisi sifatida tanilgan. U o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan.
S.Rahimov, O‘zA