Milliy maqom sanʼatini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
Milliy maqom sanʼati — xalqimizning asrlar davomida şakllangan boy maʼnaviy merosi, milliy özligi va badiiy tafakkurini özida mujassam etgan noyob sanʼat durdonasidir. Uni asrab-avaylaş, rivojlantiriş va kelajak avlodga asl holida yetkaziş madaniyat sohasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş, nomoddiy madaniy meros namunalarini asraş, maqom sanʼatining xalqaro nufuzini oşiriş hamda yoşlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda hududlardagi ijodiy jamoalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning mavjud imkoniyatlarini röyobga çiqariş ham alohida ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda Özbek milliy maqom sanʼati markazi boş direktori vazifasini bajaruvçi K. Yöldoşevning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida qator uçraşuv va muloqotlar taşkil etildi.
Dastlab, Buxoro viloyati Madaniyat boşqarmasida markaz rahbari tomonidan sayyor qabul ötkazildi. Unda soha vakillari hamda fuqarolarning murojaatlari, taklif va taşabbuslari tinglandi. Kötarilgan masalalar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berilib, ularni hal etiş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilandi.
Oçiq muloqot davomida milliy maqom sanʼatini rivojlantiriş, uning boy ijro anʼanalarini asrab-avaylaş, yoş avlod örtasida keng tarğib etiş, şuningdek, hududlarda faoliyat yuritayotgan ijodiy jamoalarni qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taşrif davomida K. Yöldoşev markazning Buxoro viloyati hududiy bölimi faoliyati bilan ham yaqindan tanişdi. Bu yerda ijodiy jamoaning iş jarayoni, bugungi faoliyati, milliy maqom sanʼatini rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan işlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Muloqotda ijodkorlarning kasbiy mahorati va ijodiy salohiyatini yanada oşiriş, maqom ijroçiligi anʼanalarining uzviyligini taʼminlaş, yoş isteʼdodlarni kaşf etiş va ularni qöllab-quvvatlaş masalalariga urğu berildi. Şuningdek, mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan fikr almaşilib, hududiy bölim faoliyatini takomillaştiriş hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş böyiça tegişli tavsiya va topşiriqlar berildi.
Taʼkidlaş joizki, bunday sayyor qabul va joylardagi uçraşuvlar sohada töplanib qolgan muammolarni bevosita örganiş, ijodkorlarning takliflarini inobatga oliş va ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş imkonini beradi.
Zero, milliy maqom sanʼatining kelajagi faqat uning boy tarixini saqlaş bilangina emas, balki bugungi ijodiy muhitni rivojlantiriş, yoş avlodga munosib anʼanalarni yetkaziş va hududlardagi ijodiy salohiyatdan samarali foydalaniş bilan ham çambarças boğliqdir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri