Milliy kutubxonada «Jangçi şoir armoni» kitobi taqdimoti bölib ötdi
Özbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qömitasi, Özbekiston Milliy kutubxonasi hamda «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida taşkil etib kelinayotgan «Kitobxon onalar» maʼrifiy loyihasi doirasida taniqli olima va ijodkor Dilorom Yormatovaning «Jangçi şoir armoni» nomli kitobi taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda kitobxonlikning inson maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyğularini şakllantirişdagi ahamiyati haqida söz yuritildi.
Kitob muallifi Dilorom Yormatova — Turon fanlar akademiyasi akademigi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, «Mehnat şuhrati» ordeni sohibi, qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor. U nafaqat ilm-fan sohasidagi izlanişlari, balki adabiyot va maʼnaviyat yölidagi ijodiy faoliyati bilan ham keng jamoatçilikka tanilgan.
Olimaning ilmiy faoliyati Özbekiston qişloq xöjaligida soya va zaytun yetiştiriş agrotexnikasini rivojlantiriş bilan çambarças boğliq. Uning köp yillik ilmiy izlanişlari natijasida yangi navlar yaratilgan, qator ilmiy işlanmalar amaliyotga tatbiq etilgan. Dilorom Yormatova köplab monografiyalar, darsliklar, öquv qöllanmalar, ilmiy maqolalar va badiiy kitoblar muallifi.
Taqdimoti ötkazilgan «Jangçi şoir armoni» kitobi esa muallifning yana bir muhim ijodiy izlanişi bölib, unda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, isteʼdodli özbek şoiri va pedagog Burxon Tursunovning hayoti, ijodi va qahramonligi haqida hikoya qilinadi.
Taqdimot davomida kitobning yaratiliş tarixi, Burxon Tursunovning adabiy merosini örganiş va kelajak avlodga yetkaziş borasida amalga oşirilgan işlar haqida ham fikrlar bildirildi. Iştirokçilar asarning tarixiy va maʼnaviy ahamiyatiga alohida töxtalib, bunday kitoblar orqali uruşda halok bölgan ajdodlarimizning hayoti, jasorati va uşalmay qolgan orzularini yana bir bor yodga oliş muhimligini taʼkidladi.
Tadbirda sözga çiqqan olimalar, ijodkorlar va jamoatçilik vakillari Dilorom Yormatovaning ilmiy va ijodiy faoliyatiga yuksak baho berib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, ayollar maʼnaviyatini yuksaltiriş hamda tarixiy xotirani asrab-avaylaş borasidagi bunday uçraşuvlarning ahamiyatini qayd etdilar.
Uçraşuv samimiy muloqot, şeʼriyat va kitob atrofidagi fikr almaşuvlar bilan davom etdi.
N.Usmonova,
ÖzA