Millatlararo totuvlik – Yangi Özbekiston qudrati
Samarqand viloyat musiqali drama teatrida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda arman milliy madaniy markazi taşkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan şu şior ostida konsert dasturi namoyiş qilindi.
Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi din işlari böyiça qömitasining Samarqand viloyat hududiy boşqarmasi boşliği S.Boymurodov sözga çiqib, yurtimizda turli millat va elat vakillarining ahil-inoq, bir oila farzandlaridek yaşab kelayotgani, buning huquqiy, ijtimoiy-madaniyat asoslari yaratilganini taʼkidladi. Viloyatdagi öndan ortiq milliy madaniy markaz qatorida “Luys” arman milliy madaniy markazi ham samarali faoliyat körsatayotgani va jamiyat hayotida faol qatnaşayotganini qayd etdi.

Bugungi kunda Samarqandda 7200 dan ortiq arman millatiga mansub yurtdoşlarimiz hayot keçirmoqda. Ularning öz tili va madaniyati, milliy anʼana va qadriyatlarini asrab-avaylaşi uçun zarur şart-şaroit, imkoniyatlar yaratilgan. “Luys” arman milliy madaniy markazi bu borada faol iş olib bormoqda.

Tadbir iştirokçilari arman milliy madaniy markazi va uşbu millat vakillarini tabriklab, öz dil sözlarini bildirdilar. Samarqandlik xonandalar va ijodiy jamoalar, milliy madaniy markazlar qoşidagi havaskor badiiy guruhlar tomonidan özbek, arman va boşqa millatlar kuy-qöşiqlari ijro etildi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri