MIB xodimlari o‘rtasida «Millat ona tili bilan tirikdir!» tanlovi o‘tkazildi
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat organlari va tashkilotlarida ona tilining nufuzini yuksaltirish, xodimlarning tilga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Bosh prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ham «Tizimli-tahliliy ish», «Savodxonlik» hamda «She’riyat-notiqlik» yo‘nalishlarida tanlovlar tashkil etilmoqda.
Majburiy ijro byurosi markaziy apparatida «Millat ona tili bilan tirikdir!» mavzusidagi tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Unda ishtirokchilarning tizimli-tahliliy ish yo‘nalishida taqdim etgan ishlari, savodxonlik bo‘yicha test natijalari hamda she’riyat va notiqlik yo‘nalishidagi chiqishlari baholandi.
Xususan, tizimli-tahliliy ish yo‘nalishida S. Jandullayevning «Davlat tilini muhofaza qilishning xorijiy modellari va ularni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari» mavzusidagi tahliliy ishi yuqori baholandi.
Savodxonlik yo‘nalishida Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi katta inspektori A. Habibjonov, she’riyat yo‘nalishida esa Byuroning Navoiy viloyati boshqarmasi katta inspektori A. G‘afforov g‘olib deb topildi.
G‘oliblar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Hamroz Bayonov,O‘zA