Merganlarimiz jahon kubogida qatnashmoqda
Bugun, 18 fevral kuni Misr poytaxti Qohirada o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqich musobaqalari boshlanadi.
Joriy yilning 24 fevraliga qadar davom etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar sportchisi pnevmatik miltiq va to‘pponchada 10 metrdan otish dasturlarida ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.
Jahon kubogining bosqich bahslarida pnevmatik miltiqdan o‘q otishda Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Gulbonu Qambarbekova, pnevmatik to‘pponchadan o‘q otishda esa Muhammad Kamalov, Vladimir Svechnikov va Veniamin Nikitin yurtimiz sharafini himoya qiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA