Markaziy Osiyoning strategik rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida «Strategiyalaş nazariyasi va amaliyoti» IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida «Markaziy Osiyo strateg universitariumi» nufuzli xalqaro ilmiy sessiyasi bölib ötdi.
Özbekiston Milliy universiteti, Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University), M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) Moskva iqtisodiyot maktabi hamda Murakkab tizimlarni matematik tadqiq etiş instituti Strategik tadqiqotlar markazi hamkorligida taşkil etilgan ilmiy muloqotda Özbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy va boşqa mamlakatlarning yetakçi strateg olimlari, davlat organlari rahbarlari, ekspertlar hamda yoş tadqiqotçilar iştirok etdi.
Mazkur anjuman doirasida «Markaziy Osiyo mintaqasini strategiyalaş nazariyasi va amaliyoti» mavzusidagi yalpi majlis ham bölib ötdi. ÖzMU rektori, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Madjidov moderatorlik qildi.
Yalpi majlisda asosiy maʼruza strategiya fanining xalqaro miqyosdagi yetakçi namoyandasi, professor Vladimir Lvoviç Kvint tomonidan taqdim etildi. Şuningdek, rossiyalik va özbekistonlik olimlar strategik rivojlaniş masalalari yuzasidan maʼruzalar qildi.
Tadbir doirasida strategiya faniga oid muhim kitoblar turkumlari va ixtisoslaşgan ilmiy jurnallar taqdimoti ham ötkazildi.
[gallery-32341]
Özbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida «Markaziy Osiyoda mintaqaviy strategiyalaş: amaliy taşabbuslar» mavzusidagi şöʼba yiğilişida xalqaro va mahalliy ekspertlar iştirokida dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Professor Sayidfozil Zokirov moderatorligida ötgan muhokamalarda mintaqaviy integratsiya, transport-logistika salohiyati, hududlarni strategik rivojlantiriş, iqtisodiy transformatsiya, sunʼiy intellekt va inson kapitali masalalariga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, «Green University»da ekologik xavfsizlik, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va ekologik madaniyatni rivojlantirişga bağişlangan parallel şöʼba yiğilişlari taşkil etildi.
Hamroz Bayonov,
Farhod Abdurasulov (curat),
ÖzA