Gaz taʼminotida tezkorlik va işonçlilik omili
Aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlaş, ayniqsa, kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyaviy holatlarning oldini oliş va ularni tezkor bartaraf etiş dolzarb vazifalardan biridir. Şu bois mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan energetika tizimining barqarorligini taʼminlaş, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qiliş, aholiga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib beriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Bu jarayonda gaz taʼminoti korxonalarining texnik imkoniyatlarini oşiriş, avariya-taʼmirlaş brigadalarining şayligini taʼminlaş, zarur ehtiyot qismlar va materiallar zaxirasini şakllantiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, gaz tarmoğidagi har qanday nosozlikka öz vaqtida munosabat bildiriş nafaqat taʼminot barqarorligi, balki aholi xavfsizligi uçun ham hal qiluvçi omildir.
Ana şu maqsadda “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filialida avariya zaxira ombori qayta qurilib, uning maydoni kengaytirildi. Bugun mazkur omborda gaz tarmoqlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş uçun zarur asbob-uskunalar, texnik vositalar va ehtiyot materiallari jamlangan.
Şuningdek, filial tasarrufidagi 14 ta avariya-taʼmirlaş brigadasi maxsus avtotransport vositalari hamda himoya anjomlari bilan taʼminlanib, işga şay holatga keltirilgan. 65 ta gaz payvandlaş apparati tayyorlangani, 5 ming dona maişiy gaz balloni zaxirasi yaratilgani ham qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan turli vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik körilayotganidan dalolat beradi.

Energetika vaziri Şerzod Xöjayev hamda “Hududgaztaʼminot” AJ boşqaruvi raisi Marufxon Xöjayev mazkur omborda bölib, yaratilgan şaroitlar, mavjud zaxiralar, maxsus texnikalar va avariya-taʼmirlaş brigadalarining şaylik holati bilan tanişdi.
Örganiş davomida gaz taʼminoti tizimining qişki yuklamalarga tayyorligi, avariyaviy holatlarda tezkor harakat qiliş imkoniyatlari va mavjud resurslardan samarali foydalaniş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, Buxoro tumanida barpo etilayotgan yangi öquv-amaliyot maydonçasidagi işlar ham közdan keçirildi. Mazkur maydonça dual taʼlimni rivojlantiriş, yoş mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş, sohada malakali kadrlar tayyorlaş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Bu esa gaz taʼminoti tizimida zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega mutaxassislar safini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Taşrif yakunida masʼullarga kuz-qiş mavsumi davomida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etiş, mavjud zaxiralar va maxsus texnikalardan maqsadli foydalaniş, brigadalarning doimiy şayligini taʼminlaş hamda isteʼmolçilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlaş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Zero, qiş mavsumiga tayyorgarlik faqatgina zarur zaxiralarni jamlaş yoki texnik vositalarni hozirlaş bilan çeklanmaydi. Bu eng avvalo, har bir xonadonda xotirjamlikni, ijtimoiy obʼektlarda uzluksiz faoliyatni va iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror iş jarayonini taʼminlaşga qaratilgan masʼuliyatli vazifadir. Şu maʼnoda, gaz taʼminoti tizimida yaratilayotgan bunday şaroitlar mavsumiy xavf-xatarlarning oldini oliş, ehtimoliy muammolarga tayyor turiş va aholi işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri