Qiş sinoviga elektr tizimi tayyormi?
Qişning ayozli kunlarida xonadonlarda çiroqning barqaror yonişi, şifoxonalarda tibbiy xizmat, maktab va boğçalarda taʼlim-tarbiya jarayoni, korxonalarda işlab çiqarişning uzluksiz davom etişi köp jihatdan elektr taʼminotiga boğliq. Ayniqsa, havo harorati keskin pasayib, elektr energiyasiga talab ortgan paytda energetika tizimi zimmasiga katta masʼuliyat yuklanadi. Şu bois qişga tayyorgarlik jarayonida tarmoqlarni taʼmirlaş, eskirgan uskunalarni yangilaş va ehtimoliy nosozliklarning oldini oliş muhim ahamiyat kasb etadi.
Xöş, bu borada Sirdaryo viloyatida qanday işlar amalga oşirilmoqda? Elektr tarmoqlari qiş sinoviga qançalik tayyor? Mavsum davomida aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obʼektlari va tadbirkorlik subʼektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş uçun qanday çoralar körilmoqda? Bu savollar, şubhasiz, har bir isteʼmolçini qiziqtirişi tabiiy.

«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Sirdaryo hududiy filiali tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, joriy yilda viloyat böyiça 2 771,2 kilometr elektr uzatiş tarmoğini taʼmirlaş rejalaştirilgan bölib, şundan 996,2 kilometrida kapital, 1 775 kilometrida esa joriy taʼmirlaş işlari bajarilgan. Şuningdek, rejadagi 1 149 ta transformator punktidan 367 tasida kapital, 782 tasida joriy taʼmirlaş işlari yakunlangan.
Bu körsatkiçlar ortida elektr tarmoqlarini mavsumiy yuklamalarga moslaştiriş, eskirgan uskunalarni yangilaş va ehtimoliy nosozliklarning oldini olişga qaratilgan saʼy-harakatlar mujassam. Zero, havo harorati pasaygan sari aholining elektr energiyasiga ehtiyoji ortadi. Bunday vaziyatda transformatorlarning quvvati, tarmoqlarning ötkaziş imkoniyati va uskunalarning texnik sozligi hal qiluvçi omilga aylanadi.
Viloyatdagi jami 3 356 ta transformator punktidan 1 918 tasi texnik holatiga köra alohida nazoratga olingan. Şundan 1 012 tasi sariq, 906 tasi qizil toifaga kiritilgan. Mavjud maʼlumotlarga köra, qizil toifadagi transformatorlarning 879 tasi, yaʼni qariyb 97 foizi, sariq toifadagilarning esa 855 tasi — 84,5 foizi taʼmirlangan. Qolgan uskunalarning holatini yaxşilaş, ularning işonçli işlaşini taʼminlaş böyiça çora-tadbirlar ham izçil davom ettirilmoqda.

Qişki mavsumda kutilmagan nosozliklar yuzaga keliş ehtimolini ham hisobga olgan holda, filialda zarur materiallar zaxirasi şakllantirilgan. Xususan, 104 ta transformator, 1 815 ta temir-beton tayanç, 51 tonna transformator moyi, 39,6 kilometr kabel, 15,1 tonna sim, 32,8 kilometr SIP kabeli, 568 ta mufta hamda 2 097 ta avtomat va ajratgiç jamğarilgan.
Bundan taşqari, 30 ta tezkor brigada, 140 nafar xodim, 31 ta avtomobil va 14 ta maxsus texnika mavsum davomida xizmat körsatişga şay holatga keltirilgan. Bu esa elektr tarmoqlarida avariya holatlari yuzaga kelganda mutaxassislarning hodisa joyiga öz vaqtida yetib borişi, zarur ehtiyot qismlardan foydalanib, nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etişi uçun zarur şaroit yaratadi.

— Mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarmoqlar va transformator punktlarini taʼmirlaş bilan bir qatorda, avariya paytida tezkor harakat qiliş salohiyatini ham kuçaytirdik. Zarur ehtiyot qismlar va materiallar zaxirasi şakllantirildi, maxsus texnikalar soz holatga keltirilib, tezkor brigadalarning şayligi taʼminlandi. Ayniqsa, sovuq kunlarda aholi xonadonlari, şifoxonalar, maktablar, boğçalar va boşqa ijtimoiy obʼektlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaşga ustuvor vazifa sifatida qaraymiz. Tadbirkorlik subʼektlari va işlab çiqariş korxonalari faoliyatida uzilişlarga yöl qöymaslik ham doimiy eʼtiborimizda, — deydi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali boş muhandisi Dilşod Abduqodirov.
Mavjud tarmoqlarni taʼmirlaş bilan çeklanib qolmasdan, energetika infratuzilmasini kengaytiriş va zamonaviylaştirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilda viloyatda 8 440 ta temir-beton tayanç örnatiş, 428 kilometr elektr uzatiş tarmoği quriş va 150 ta transformator punkti barpo etiş belgilangan. Hozirgaça 6 338 ta tayanç örnatilib, 230,3 kilometr tarmoq qurilgan va 23 ta transformator punkti barpo etilgan.
Uşbu loyihalar, ayniqsa, aholi ziç yaşaydigan mahallalar, yangi turar joy massivlari va işlab çiqariş hududlarida elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qondirişga qaratilgan. Yangi tarmoqlar va transformator punktlarining işga tuşirilişi mavjud infratuzilmaga tuşayotgan yuklamani taqsimlaş, quvvat taqçilligining oldini oliş va isteʼmolçilarga yanada qulay şaroit yaratiş imkonini beradi.

Elektr energetikasi tarmoğini rivojlantiriş, eskirgan infratuzilmani yangilaş va yangi quvvatlarni işga tuşiriş davlat siyosatida ham ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi. Prezidentning energetika sohasini taraqqiy ettiriş va hududlar infratuzilmasini modernizatsiya qilişga qaratilgan farmon va qarorlarida bu boradagi vazifalar belgilab berilgan. Ularda nazarda tutilgan çora-tadbirlarning Sirdaryo viloyatida ham izçil amalga oşirilişi aholi, ijtimoiy soha muassasalari va tadbirkorlik subʼektlarining ösib borayotgan ehtiyojlarini qondirişga zamin yaratadi.
Energetika tizimida raqamli yeçimlardan foydalaniş kölami ham ortib bormoqda. Viloyatda elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi doirasida 222 386 ta isteʼmolçi hisoblagiçi, transformatorlarda 2 973 ta balans hisoblagiçi va 2 998 ta konsentrator mavjud.

Mazkur qurilmalar yordamida elektr energiyasi sarfi muntazam kuzatib boriladi, tarmoqlardagi yöqotişlar va yuklama özgarişlari tahlil qilinadi. Kelgusida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali isteʼmol hajmini oldindan prognozlaş, ehtimoliy nosozliklarni ertaroq aniqlaş va taʼmirlaş işlarini aniq hisob-kitoblar asosida rejalaştiriş közda tutilmoqda.

Şuningdek, mahallalar kesimida energetik pasportlarni şakllantiriş va elektr energiyasiga bölgan ehtiyojni örganişga qaratilgan «Yangi yöl» tajribasi ham eʼtiborga molik. Bunda har bir hududning isteʼmol hajmi, mavjud tarmoqlar quvvati va kelgusidagi ehtiyojlari tahlil qilinib, muammolarni manzilli hal etiş, ortiqça yuklamani kamaytiriş hamda taʼmirlaş işlarini aniq yönalişlar böyiça taşkil etiş nazarda tutilgan.
Bugungi taʼmirlaş va quriliş jarayonlari kelgusi rejalar bilan uzviy boğliq. Jumladan, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, yangi obʼektlarni belgilangan muddatlarda foydalanişga topşiriş, texnik holati yaxşilanişi zarur bölgan transformatorlarni taʼmirlaş va elektr energiyasiga talab yuqori hududlarda tarmoq quvvatini oşiriş navbatdagi vazifalar sirasiga kiradi.

— Oldimizda turgan asosiy maqsad — elektr taʼminotidagi barqarorlikni yanada mustahkamlaş va isteʼmolçilarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş. Şu maqsadda yangi elektr uzatiş tarmoqlari va transformator punktlari qurilişini davom ettiriş, mavjud uskunalarni modernizatsiya qiliş, yuklama yuqori bölgan hududlarni aniqlab, ularning taʼminot imkoniyatlarini kengaytirişni rejalaştirganmiz.
Şu bilan birga, raqamli texnologiyalardan foydalaniş kölamini oşiriş, aholi murojaatlarini öz vaqtida örganiş va kötarilgan masalalarni joyida hal etişga ham eʼtibor qaratamiz. Asosiy maqsadimiz — qişning eng sovuq kunlarida ham aholi xonadonlari, ijtimoiy soha muassasalari va tadbirkorlik obʼektlarida elektr energiyasi uzluksizligini taʼminlaş, — deydi Dilşod Abduqodirov.
Aholi murojaatlari ham xizmat körsatiş sifatini baholaş va mavjud muammolarni aniqlaşda muhim manbalardan biridir. Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 2026-yilning birinçi yarmida yoqilği-energetika sohasi böyiça 1 242 ta murojaat kelib tuşgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 23,3 foiz kam. Uşbu körsatkiç bilan bir qatorda, murojaatlarda kötarilayotgan masalalarni çuqur örganiş, ularning sabablarini aniqlaş va har bir holat böyiça amaliy yeçim topiş ham dolzarb vazifa bölib qolmoqda.

Umuman olganda, Sirdaryo viloyatida qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr tarmoqlarini taʼmirlaş, transformatorlarning texnik holatini yaxşilaş, yangi infratuzilma obʼektlarini barpo etiş hamda avariyaviy xizmatlar salohiyatini oşiriş borasida muayyan işlar bajarilmoqda. Kelgusida esa boşlangan loyihalarni yakuniga yetkaziş, yangi obʼektlarni foydalanişga topşiriş va energetika tizimining işonçliligini yanada mustahkamlaşga eʼtibor qaratiladi.
Zero, qişki mavsumga tayyorgarlikning haqiqiy natijasi sovuq kunlarda namoyon böladi. Xonadonlarda çiroqning barqaror yonişi, şifoxonalarda tibbiy xizmatning uzluksiz davom etişi, maktab va boğçalarda qulay şaroit saqlanişi, tadbirkorlik subʼektlari hamda işlab çiqariş korxonalarining bir maromda faoliyat yuritişi — energetiklar mehnatining eng muhim samarasidir.
Sirdaryo energetiklari oldida turgan asosiy vazifa — mavjud kuç va vositalarni töliq safarbar etib, qişning turli ob-havo şaroitida ham har bir xonadon, ijtimoiy muassasa va korxonani işonçli elektr energiyasi bilan taʼminlaşdir.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri