Markaziy bankda murojaatlar bilan işlaş tizimi takomillaştirilmoqda
Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Markaziy bankning Murojaatlar bilan işlaş departamenti masʼul xodimi Behzod Karimov iştirokida brifing bölib ötdi.
Unda joriy yilning ön oyi davomida aholi va tadbirkorlik subʼektlari murojaatlari bilan işlaş borasida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanganidek, Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son farmoni ijrosi doirasida 1-iyundan Markaziy bank tarkibida Murojaatlar bilan işlaş departamenti taşkil etildi. Murojaatlarni körib çiqiş va nazorat qiliş mexanizmlari ham takomillaştirildi.
Hisobot davrida Markaziy bankka 72 mingdan ortiq murojaat kelib tuşdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 30 foiz köp. Murojaatlarning 87 foizi Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali qabul qilingan.
Murojaatlar bilan işlaşdagi muhim yangiliklardan biri zamonaviy Aloqa markazining işga tuşirilişidir. Fuqarolar uçun 18-00 qisqa raqami joriy etildi. Natijada qönğiroqlarga javob beriş körsatkiçi avvalgi 6 foizdan 97 foizga yetdi, kutiş vaqti esa bir daqiqagaça qisqartirildi.
Hozirda Aloqa markazi bir kunda örtaça 600-700 ta qönğiroqni qabul qilmoqda. Iş vaqti ham uzaytirilib, iş kunlari soat 21:00 gaça, dam oliş kunlari esa 09:00 dan 18:00 gaça xizmat körsatiş yölga qöyildi. Eşitiş qobiliyati çeklangan şaxslar uçun surdotarjimon iştirokida videomurojaat qiliş imkoniyati yaratildi.
Şuningdek, Markaziy bank rahbariyatining şaxsiy va sayyor qabullari taşkil etildi. Avgust-oktabr oylaridagi qabullarda 550 nafardan ortiq fuqaro va tadbirkorlik subʼektlari vakillari iştirok etib, ularning masalalari körib çiqildi.
Tijorat banklarida murojaatlar bilan işlaş sifatini oşiriş maqsadida ikkinçi va uçinçi çorak yakunlari böyiça eng past körsatkiçlarni qayd etgan 10 ta bank röyxati jamoatçilikka eʼlon qilindi.
Bundan taşqari, murojaatlarni mavzular, hududlar va kredit taşkilotlari kesimida tahlil qiliş imkonini beruvçi elektron daşbord joriy etildi. Xodimlar malakasini oşiriş, banklar aloqa markazlari örtasida hamkorlikni kuçaytiriş böyiça ham öquv va amaliy tadbirlar ötkazildi. Şuningdek, Aloqa markazida “GEMBA” amaliyoti yölga qöyildi.
Kelgusida murojaatlarni ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-sayt orqali qabul qiliş, fuqarolarga qayta qönğiroq qiliş imkoniyatini yaratiş, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş hamda Aloqa markazi xizmatini fuqarolar tomonidan baholaş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Brifing yakunida taʼkidlanganidek, Markaziy bankning asosiy maqsadi har bir murojaatga öz vaqtida, xolis va amaliy yeçimga yönaltirilgan yondaşuvni taʼminlaş, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining muammolarini tezkor hal etiş hamda tizimga bölgan işonçni mustahkamlaşga qaratilgan.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA