Bolalar mehnatiga çek qöygan islohot bugun xalqaro zafarlarga xizmat qilmoqda
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yozgan maktubini öqib, beixtiyor öz yoşligimni esladim. Ayniqsa, «Maktabda ön yil öqigan bölsam, şuning deyarli yarmi dalada ötgan...» degan gaplari menga juda taniş va yaqin.
Çunki bizning ham yoşligimizning maʼlum bir qismi paxta dalalarida ötgan. Paxta mavsumi boşlansa, maktabdagi darslarimiz qolib, dalaga çiqardik. Qölimizda kitob-daftar bölişi lozim paytlarda paxta tergan kunlarimiz köp edi. Bugun öşa damlarni eslasam, bir tomondan, ötgan davr qiyinçiliklari yodga tuşsa, ikkinçi tomondan, bugungi bolalarimiz bunday kunlarni körmayotganidan könglim quvonadi.
Prezidentimizning «birinçi galda bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytardim» degan fikrlari men uçun ana şu sababli alohida ahamiyatga ega. Bu gaplarning qadrini, ayniqsa, öşa kunlarni öz boşidan keçirgan insonlar yaxşi biladi.
Men köp yillardan beri maktabda işlayman. Öqituvçi sifatida bolaning vaqti qançalik qadrli ekanini yaxşi tuşunaman. Bir kunlik darsdan qoliş ham baʼzan uning bilim olişiga taʼsir qiladi. Bolalik esa qaytib kelmaydi.
Öylab qarang, ön yil oldin birinçi sinfga borgan bolalar bugun ön birinçi sinfni tugatmoqda. Ular paxta dalasida emas, maktabda ulğaydi. Dars qildi, kitob öqidi, fan tögaraklariga qatnaşdi, xorijiy tillarni örgandi. Eng muhimi, öz oldiga katta maqsadlar qöyiş imkoniga ega böldi.
Bugun öşa avlod vakillari xalqaro fan olimpiadalarida Özbekiston bayroğini baland kötarmoqda. Matematika, fizika, kimyo, informatika böyiça jahonning eng kuçli yoşlari bilan bellaşib, medallar olib qaytmoqda. Sportda, şaxmatda, ilm-fan va texnologiyalarda ham yoşlarimiz erişayotgan yutuqlar quvonarli. Bu natijalarning ortida, albatta, bolalar uçun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy maktablar, ustozlarning mehnati va ota-onalarning işonçi bor.
Xalqaro mehnat taşkilotining Özbekistonda paxtaçilik sohasida tizimli bolalar mehnatiga barham berilganini eʼtirof etgani ham katta voqea böldi. Bu şunçaki bir xalqaro baho emas. Bu — bolalarning maktabga qaytgani, ota-onalarning farzandlari uçun xotirjam bölgani, ustozlarning öz öquvçilari bilan tölaqonli şuğullaniş imkoniga ega bölganidir.
Albatta, bugun ham taʼlimda muammolar yöq emas. Hali köp iş qilişimiz kerak. Har bir bolaga sifatli taʼlim beriş, qişloqdagi iqtidorli öquvçining ham öz qobiliyatini körsatişiga şaroit yaratiş — oldimizdagi muhim vazifalardan biridir.
Prezidentimizning maktubidagi farzandlarga vaqtni qadrlaş, kitob öqiş, xorijiy tillarni va zamonaviy texnologiyalarni örganiş haqidagi ögitlar ham bejiz emas. Bugungi bolalarning imkoniyatlari keng. Endi ular şu imkoniyatlardan töğri foydalanişi talab etiladi.
Men ustoz sifatida bir narsani istayman: şogirdlarimizning qölida kitob, qalbida işonç, köz oldida katta orzular bölsin. Ular biz körgan qiyinçiliklarni körmasin, aksinça, biz erişa olmagan marralarni zabt etsin.
Prezidentimizning maktubi menga yana bir haqiqatni eslatdi: bolaga beriladigan eng katta imkoniyat — uning vaqtini, bolaligini va bilim oliş huquqini asraşdir. Keça biz paxta dalalarida ötkazgan kunlarimizni bugun xotira sifatida eslaymiz. Bugungi bolalar esa öşa vaqtni ilm olişga sarflayapti. Eng katta özgariş, menimça, mana şu.
Hamidjon RAHIMOV,
Özbekiston xalq öqituvçisi.
ÖzA