Ziyolilardan yangiça taşabbus va takliflar (+Video)
Xabar berganimizdek, keça 23-noyabr kuni Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida “Özbekiston ziyolilari kengaşi” yiğilişining oçiliş marosimi bölib ötdi.
“Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi” şiori ostida taşkil etilgan mazkur tadbir bugun ham davom etmoqda.
Uşbu tadbirning muhim jihati şundaki, mamlakat kelajagiga doir fikr va takliflarni faqat markazda emas, balki hududlarda, hayotning içida, odamlarning muammo va ehtiyojlarini çuqur biladigan ziyolilar iştirokida muhokama qilişdan iborat.
Şu bois Kengaş yiğilişiga tayyorgarlik doirasida joriy yilning 10–14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida hududiy muloqotlar taşkil etildi.
Muloqotlar davomida kelib tuşgan fikr-mulohazalar, takliflar, milliy taraqqiyotimizning maʼnaviy, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslariga oid dolzarb masalalar Kengaşning bugungi yalpi majlisida muhokama maydonida böldi.
Yakunda ilgari surilgan takliflarni umumlaştiriş va ularni amalga oşiriş böyiça tegişli vazifalarni belgilaş közda tutilgan.
N. Rahmonova,
O, Davronov (video),
I. Ismatov (montaj), ÖzA