Margarita Polshada sovrindorlar qatoridan joy oldi
Polshada velosportning trek yo‘nalishida "Grand Prix Poland" xalqaro turnirida ayollar milliy terma jamoamiz a’zolari ishtirok etdi.
“UCI” tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada Margarita Misyurina “SCRATCH” yo‘nalishidagi poygada ishtirok etib, yakunda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi. Poygada Olga Zabelinskaya, Sofiya Karimova, Nafosat Qo‘ziyeva kabi velosportchilarimiz ham qatnashdi.
Ma’lumot uchun, velosportchilarimiz musobaqada xorijiy mutaxassis Gleb Groysman murabbiyligida ishtirok etdi va “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun xalqaro reyting ochkolariga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA