"Manchester Siti" sport direktori: Husanovning imkoniyatlari hali to‘liq ochilgani yo‘q
Hamyurtimiz 2031-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"Manchester Siti" sport direktori Hugo Viana o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolangani borasida to‘xtalib o‘tdi.
"Abduqodirning Angliyadagi ilk davrlardanoq ko‘rsatayotgan o‘yini barchamizda katta taassurot qoldirmoqda. U faqatgina ajoyib inson bo‘lib qolmay, kundan kunga yuqori saviyali futbolchiga aylanib bormoqda. Biroq bu hali uning imkoniyatlari darajasi cheki emasligini anglab turibmiz.
Husanov favqulodda jismoniy va texnik tayyorgarlikka ega. Uning iqtidori va salohiyati kelajakda jahon miqyosidagi yetakchi markaziy himoyachi bo‘lib yetishishiga to‘liq imkon beradi", — deya ta’kidladi manchesterliklar mutasaddisi klub rasmiy saytiga bergan izohida.