"Manchester Siti" Husanov bilan yangi uzoq muddatli bitim tuzdi
Xabar qilinishicha, 5 yillik yangi kelishuvga ko‘ra hamyurtimizning maoshi sezilarli darajada oshirilgan.
Angliyaning "Manchester Siti" klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan hamkorlikni uzaytirdi. Bu haqda Manchester jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi bitim 2031-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Xabar qilinishicha, 5 yillik yangi kelishuvga ko‘ra hamyurtimizning maoshi sezilarli darajada oshirilgan.
Qayd etish joizki, jamoaning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska va uning shtabi "shaharliklar" boshqaruviga kelgach, tarkibdagi ilk muhim qarorlardan biri sifatida aynan Husanov bilan shartnomani uzaytirishni ma’qul ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov 2025-yilning yanvar oyida "Manchester Siti" safiga borib qo‘shilgan edi. U o‘tgan vaqt mobaynida jamoa bilan Angliya kubogi hamda Liga kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.