Malakali pedagog kadrlarni rag‘batlantirish maqsadida
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2025 yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni aniqlash maqsadida nomzodlar o‘rtasida 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilmoqda.
[gallery-21985]
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 441 nafar o‘qituvchi ro‘yxati shakllantirilib, jarayonga mas’ul xodimlar biriktirilgan.
Test sinovlari Farg‘ona shahridagi 28-umumta’lim maktabida o‘kazilyapti. Jarayon xolis va shaffof bo‘lishi uchun tegishli choralar ko‘rilgan va ishtirok etadigan pedagog-xodimlarga barcha shart-sharoit yaratilgan.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA