Maktab öquvçilari bojxona xizmati faoliyati bilan tanişdi
Surxondaryo viloyatida yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, ularning davlat idoralari faoliyati haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirişga qaratilgan maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda.
Özbekiston Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi taşabbusi bilan Termiz şahridagi 18-umumtaʼlim maktabi öquvçilari uçun viloyat bojxona boşqarmasining “Termiz” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida “Oçiq eşiklar kuni” taşkil etildi.
Tadbir davomida öquvçilar bojxona xodimlarining kundalik iş faoliyati, yuklar va transport vositalarini bojxona nazoratidan ötkaziş jarayonlari hamda postda yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.
Mutaxassislar tomonidan bojxona organlarining asosiy vazifalari, taşqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soliş va nazorat qilişdagi örni, şuningdek, soha xodimlarining masʼuliyati haqida maʼlumot berildi.
Oçiq muloqot çoğida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Ayniqsa, bojxona tizimidagi kasblar, mazkur sohada işlaş uçun zarur bilim va könikmalar haqidagi maʼlumotlar yoşlarda katta qiziqiş uyğotdi.
[gallery-32363]
Mazkur tadbir öquvçilarning bojxona xizmati haqidagi tasavvurlarini boyitiş, ularni kelajakda kasb tanlaşga yönaltirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA