Mahalliy Kengaşlar faoliyatida yangi bosqiç: oçiqlik, hisobdorlik va taʼsirçan deputatlik nazorati
Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli demokratik islohotlar jarayonida davlat boşqaruvini xalqqa yanada yaqinlaştiriş, joylardagi vakillik organlarining nufuzi va masʼuliyatini oşiriş ustuvor yönalişlardan biriga aylandi.
Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq hokimlarning bir vaqtning özida xalq deputatlari Kengaşi raisi sifatidagi vakolatlari bekor qilinib, alohida Kengaş raisi institutining joriy etilişi mahalliy darajada hokimiyatlar bölinişi hamda özaro tiyib turiş tizimini amalda qaror toptirişda muhim qadam böldi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi
PF-98-son Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiya asosida ijro hokimiyati faoliyati ustidan mahalliy Kengaşlarning taʼsirçan nazorati mustahkamlandi, ularning aholi manfaatlarini himoya qilişdagi vakolatlari yanada kengaydi. 2026-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran mamlakatimizdagi 208 ta tuman va şaharda hokim hamda Kengaş raisi lavozimlarining töliq ajratilişi esa vakillik organlari faoliyatini sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqdi.
Uşbu özgarişlarni amaliyotga samarali tatbiq etiş maqsadida 2026-yil yanvar oyida Oliy Majlis Senatida tuman va şahar hokimlari hamda Kengaş raislari uçun öquv-amaliy seminarlari taşkil etildi. Unda mahalliy davlat hokimiyati tizimidagi islohotlar mohiyati, Kengaş va hokim vakolatlarining çegaralari, Kengaş reglamenti hamda amaldagi qonunçilik talablari yuzasidan atrofliça tuşuntirişlar berildi. Mazkur öquv maşğulotlari natijasida 2026-yilning ötgan töqqiz oyi davomida Kengaşlar va deputatlar faoliyatida sezilarli darajada ijobiy özgarişlar kuzatildi.
Oçiqlik va oşkoralik — jamoatçilik işonçining mustahkam poydevori
Sönggi oylarda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari faoliyatida oçiqlikni taʼminlaş borasida tub buriliş yuz berdi. Prezidentimizning PF-98-son Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiya va “Yöl xaritasi”ning
22-bandi ijrosi doirasida sessiyalarni “E-kengash” platformasi, YouTube videoxostingi, Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali töğridan-töğri jonli efirga uzatiş amaliyoti töliq yölga qöyildi. Natijada fuqarolar dolzarb hududiy masalalar muhokamasini bevosita kuzatiş va deputatlarning pozitsiyasi bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar, sessiyalar esa çinakam oçiq munozara maydoniga aylandi.
Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, 2026-yil boşida (yanvar oyida) respublika böyiça sessiyalarni jonli efirga uzatiş körsatkiçi örtaça 18 foizni taşkil etgan bölsa, oktabr oyiga kelib bu körsatkiç 96 foizga yetdi. Bu borada, ayniqsa, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlari Kengaşlari alohida faollik körsatmoqda.
Şu bilan birga, Kengaşlar va doimiy komissiyalarning qarorlarini “E-kengash” yagona elektron platformasiga öz vaqtida kiritiş va oçiq eʼlon qiliş amaliyoti ham mustahkamlandi. Ilgari ayrim hollarda kuzatilgan “yopiq” qarorlar qabul qiliş holatlari izçil qisqarib bormoqda. Xususan, 2026-yilning birinçi çoragida tizimga “yopiq” şaklda joylaştirilgan qarorlar uluşi 4,3 foizni taşkil etgan bölsa, uçinçi çorak yakuniga kelib bu körsatkiç ikki baravarga kamayib, 2,2 foizga tuşdi.
Raqamli maydondagi faollik va saylovçilar bilan jonli muloqot
Bugungi axborot asrida vakillik organlari faoliyatining media makonda keng yoritilişi xalq bilan muloqotning ajralmas qismiga aylandi.
Joriy yil fevral oyida Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazining hududiy bölinmalari tomonidan viloyat Kengaşlari kotibiyatlari bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan samarali foydalanişga bağişlangan öquv-amaliy seminarlar taşkil etilib, barça tuman va şahar Kengaşlari kotibiyatlari masʼullari iştirok etdi.
Körilgan uşbu amaliy çoralar samarasi ölaroq, bugungi kunga kelib respublikadagi barça 221 ta mahalliy Kengaşlar Telegram va Facebook tarmoqlarida öz rasmiy sahifalariga ega böldi. Aytib ötiş kerakkki, 2026-yil boşida mahalliy Kengaşlarning 35 foizi Telegram, 76 foizi esa Facebook tarmoğida rasmiy sahifaga ega emas edi.
Eʼtiborli jihati, yil boşida uşbu sahifalardagi obunaçilar soni örtaça 30–40 nafarni taşkil etgan bölsa, hozirgi vaqtda kamida 500 nafarga, ayrim Kengaşlarda esa 5 ming nafargaça yetmoqda.
Şuningdek, yil boşida Kengaşlarning Telegram kanallarida haftasiga jami 3 500 ta atrofida xabar eʼlon qilingan bölsa, bugunga kelib haftalik axborotlar soni 20 mingtaga yetdi. Eng muhimi, uşbu materiallarning 99 foizi bevosita Kengaş va deputatlar faoliyatiga oid bölib, respublika böyiça har bir Kengaşga haftasiga örtaça 92 ta xabar töğri kelmoqda. Bu borada Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Xorazm va Navoiy viloyatlaridagi Kengaşlar tajribasi eʼtiborga loyiq.
“Xonadonbay” örganiş va qonunlar ijrosi ustidan nazorat
Deputatlarning saylovçilar bilan bevosita işlaşi va muammolarni quyi böğinda hal etişini taʼminlaş maqsadida 2026-yilda “köçama-köça aylaniş daftari” amaliyoti joriy etilib, aholi muammolarini “xonadonbay” örganiş tizimi yölga qöyildi. Har bir deputat mahallalardagi “köçaboşi”lar bilan hamkorlikda içimlik suvi, elektr va gaz taʼminoti, yöl infratuzilmasi, birlamçi tibbiy xizmat hamda ijtimoiy yordam bilan boğliq masalalarni daftarga qayd etib, mahalliy idoralar bilan birgalikda tezkor hal etiş çoralarini körmoqda. Uşbu yangi tizimni samarali taşkil etişda Namangan, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo, Farğona va Andijon viloyatlari deputatlari yetakçilik qilmoqda.
Şu bilan birga, doimiy komissiyalar faoliyatini ixtisoslaştiriş maqsadida 2026-yilning ikkinçi çoragida 162 ta amaldagi qonun hujjati komissiyalar kesimida deputatlar örtasida taqsimlab berildi. Komissiyalar tomonidan uşbu qonun hujjatlari ijrosini örganişga oid maxsus savolnomalar tuzilib, ular asosida nazorat tadbirlari va jamoatçilik eşituvlari ötkazilmoqda. Ötgan davrda Kengaşlarning rasmiy sahifalarida bu borada 19 mingdan ortiq material eʼlon qilindi. Mazkur tajriba Samarqand, Jizzax, Farğona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida keng ommalaşdi.
Qolaversa, birinçi çorakda mutaxassis-ekspertlar tomonidan 20 ga yaqin soha böyiça doimiy komissiya qarori loyihalarining namunalari işlab çiqilib, amaliyotga tavsiya etilişi qabul qilinayotgan hujjatlar sifatini tubdan oşirdi. Formal tusdagi qarorlardan voz keçilib, aniq hisob-kitoblarga asoslangan xulosalar tayyorlanmoqda, puxta işlanmagan masalalar esa qayta tayyorlaşga qaytarilmoqda. Natijada yanvar oyida
“E-kengash” tizimida sessiya kun tartibidagi masalalarning 72 foizi doimiy komissiyalarda körib çiqilgan bölsa, sentabr oyiga kelib bu körsatkiç 100 foizga yetdi.
Deputat sörovi va mansabdor şaxslar masʼuliyati
Aholini öylantirayotgan muammolarni hal etişda deputat sörovi institutining taʼsirçanligi tobora ortib bormoqda. 2026-yilning töqqiz oyi davomida mahalliy Kengaşlar deputatlari tomonidan “E-kengash” tizimi orqali davlat organlari mansabdor şaxslariga 21 200 ta deputat sörovi yuborildi. Mazkur körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 57 foizga köpdir. Uşbu sörovlarning 19 760 tasiga, yaʼni 93,2 foiziga javob berilib, kommunal infratuzilma, ijtimoiy soha obʼektlari taʼmiri, soğliqni saqlaş va tadbirkorlikka oid köplab masalalar joyida hal etildi. Bu borada Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari deputatlari yuqori faollik körsatdi.
Albatta, ayrim sohalarda, xususan yer va kadastr munosabatlari, uy-joy kommunal xizmat körsatiş, yöl qurilişi, mahalliy ijro idoralari hamda xizmat körsatuvçi taşkilotlar faoliyatida sörovlarga öz vaqtida javob bermaslik holatlari ham uçrab turmoqda. Bunday holatlarda Toşkent şahri, Farğona, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlaridagi ayrim tuman va şahar Kengaşlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning
193 -moddasi asosida tegişli organlarga murojaatlar kiritilib, tegişli çoralar körilmoqda.
Ijro organlari hududiy bölinmalari rahbarlarining sessiyalarda şaxsan hisobot beriş intizomi ham mustahkamlandi. Endilikda rahbar şaxsan iştirok etmasa, hisobot kun tartibidan çiqarilib, keyingi sessiyaga qoldirilmoqda. Şuningdek, 2026-yilning töqqiz oyida hisobot eşituvlarining 76 foizida mansabdor şaxslar faoliyatiga “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” tarzida aniq baho berildi (2025-yilning mos davrida bu körsatkiç 24 foizni taşkil etgan). Uşbu yönalişda Qaşqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Andijon va Samarqand viloyatlari Kengaşlari alohida taşabbuskorlik namoyon etmoqda.
Istiqboldagi vazifalar: tizimli samaradorlik sari
Erişilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mahalliy Kengaşlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va deputatlik nazoratining amaliy samarasini oşiriş maqsadida bir qança ustuvor yönalişlarga eʼtibor qaratiş maqsadga muvofiq.
Birinçidan, deputat sörovlari va ularning natijadorligini baholaşning amaliy mexanizmini joriy etiş lozim. Har çorakda doimiy komissiyalar tomonidan eng dolzarb va natijasiz qolgan deputat sörovlari umumlaştirilib, masʼul taşkilot rahbarlari iştirokida muhokama qilib borilişi muammolarning amalda yeçim topişini kafolatlaydi.
Ikkinçidan, qonun hujjatlari ijrosi nazorati doirasida aniqlangan tizimli kamçiliklarni “tuman (şahar) Kengaşi — viloyat Kengaşi — Senat” tartibi asosida pastdan yuqoriga olib çiqiş, har bir komissiya uçun yillik nazorat tadbirlari rejasini şakllantiriş va sessiyalarda masʼullar hisobotini eşitişni kengaytiriş zarur.
Uçinçidan, Kengaş qarorlari ijrosi ustidan jamoatçilik va deputatlik nazoratini kuçaytiriş, doimiy komissiyalar kesimida monitoring yuritib, har çorakda natijalar yuzasidan aholiga rasmiy axborot berib boriş tizimini yölga qöyiş muhim.
Xulosa qilib aytganda, 2026-yilda mahalliy Kengaşlar faoliyatida kuzatilayotgan tizimli özgarişlar davlat hokimiyati vakillik organlarining tom maʼnoda aholi manfaatlarini ifoda etuvçi, oçiq, taʼsirçan va masʼuliyatli institut sifatida şakllanayotganidan dalolat beradi. Bu esa joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni öz vaqtida hal etiş va mahalliy darajada vakillik organlarining nufuzini yanada oşirişda mustahkam zamin yaratadi.
Sanjar DJABBAROV,
Demokratik jarayonlarni
tahlil qiliş markazi eksperti