Özbekiston adliyasi uçun ilğor tajriba
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti tinglovçilarining Yaponiyada taşkil etilgan qisqa muddatli stajirovkasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur taʼlim dasturi davomida soha mutaxassislari Yaponiyaning huquqiy tizimi, qonun ustuvorligini taʼminlaş mexanizmlari hamda yuridik taʼlim sohasidagi ilğor tajribalar bilan yaqindan tanişdi. Tinglovçilar kunçiqar mamlakatning yetakçi adliya va sud organlari, yuridik universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida bölib, özaro tajriba almaşdi.

Xususan, dasturning yakuniy kunlarida iştirokçilar Yaponiya patent idorasiga (JPO) taşrif buyurib, patentlaş, jumladan, patent qidiruvi böyiça Yaponiya tajribasi bilan tanişdi. Şuningdek, Yaponiya Adliya vazirligining Fuqarolik işlari byurosiga taşrif davomida mazkur tuzilmaning faoliyati hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solişga oid sönggi tendensiyalar örganildi.
Stajirovka davomida Yaponiya Adliya vazirligining Öqitiş va tadqiqot instituti Xalqaro hamkorlik departamenti vakillari bilan uçraşuv ötkazilib, kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Stajirovka dasturi iştirokçilarga xalqaro huquqiy standartlarni örganiş, zamonaviy raqamli texnologiyalarning adliya tizimiga tatbiq etilişini tahlil qiliş va kelgusida Özbekistonda yuridik taʼlim hamda amaliyotni yanada rivojlantiriş uçun yangi istiqbollarni belgilab oliş imkonini berdi.
Stajirovka yakunida tinglovçilarga dasturda iştirok etganliklarini tasdiqlovçi sertifikatlar topşirildi.

Mutaxassislarning qayd etişiça, mazkur stajirovka tinglovçilarga Yaponiya huquqiy tizimi bilan yaqindan tanişiş, kasbiy bilimlarini boyitiş va ilğor xorijiy tajribalarni örganiş imkonini berdi. Özlaştirilgan bilim va könikmalar ularning kelgusi kasbiy faoliyatida muhim amaliy manba bölib xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA