“Mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-iyunda qabul qilingan “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda viloyatdagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan 516 nafar “mahalla yettiligi” a’zosi ishtirok etdi.
[gallery-30287]
O‘quv-seminar mahallalarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolarining kasbiy salohiyati va ish samaradorligini oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga qaratildi.
Tadbir davomida mahalla tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar hamda zarur ko‘rsatmalar berildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA