Mahalla boşqaruvi samaradorligi va jamoatçilik masʼuliyati masalalari muhokama qilindi
Bugungi kunda mahallani aholi hayotiga daxldor masalalar hal etiladigan, oilaviy qadriyatlar asraladigan, yoşlar tarbiyasi va jamoat xavfsizligi taʼminlanadigan muhim ijtimoiy institutga aylantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan islohotlar mahalla tizimining boşqaruv salohiyatini oşiriş, jamiyatda soğlom muhitni mustahkamlaş va aholi farovonligini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Buxoroda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boşqaruvini samarali taşkil etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar iştirok etişdi.
Özbekiston mahallalari uyuşmasi va “Mahalla media” MÇJ hamkorligida taşkil etilgan tadbirda töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni belgilangan tartib asosida ötkaziş, giyohvandlikning oldini oliş, soğlom oila va soğlom yoşlar muhitini şakllantiriş, şuningdek, xavfsiz mahalla barpo etiş masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda Özbekiston mahallalari uyuşmasi viloyat boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar va mavjud vazifalar xususida axborot berdi.
Qayd etilganidek, hisobot davrida viloyatda 2 295 ta töy va oilaviy tantana, 22 885 ta maʼraka hamda boşqa marosimlar ötkazilgan. Ularning 1 261 tasida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinişi örganilib, 117 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan. Ularning 37 tasi böyiça tegişli çoralar körilgan.
[gallery-32461]
Bu raqamlar masalaning faqat marosimlarni tartibga soliş bilan çeklanmasligini körsatadi. Zero, töy va maʼrakalar xalqimizning asriy qadriyatlari, mehr-oqibat va hamjihatlik anʼanalarining muhim ifodasidir. Biroq ularni meʼyordan ortiq dabdaba va isrofgarçilikka yöl qöymasdan ötkaziş, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga oliş ham bugungi kunning muhim ijtimoiy talabiga aylanmoqda. Bu borada mahalla faollarining tuşuntiriş işlari va jamoatçilik nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.
Anjumanda giyohvandlikning oldini oliş, yoşlarni turli zararli illatlardan asraş, oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Bu yönalişlarda mahalla, oila, taʼlim muassasalari va keng jamoatçilikning hamjihatlikda iş olib borişi muhimligi taʼkidlandi.
Taʼkidlaş joizki, xavfsiz va farovon mahalla öz-özidan şakllanmaydi. Buning uçun har bir xonadondagi muammoga befarq bölmaslik, yoşlar bandligi va tarbiyasiga eʼtibor qaratiş, oilaviy nizolarning oldini oliş hamda aholi örtasida huquqiy va ijtimoiy masʼuliyatni kuçaytiriş talab etiladi. Şu maʼnoda, mahalla tizimidagi islohotlarning samarasi, avvalo, odamlar hayotidagi ijobiy özgarişlar bilan ölçanadi.
Tadbirda Buxoro viloyatida töplangan amaliy tajribalarni boşqa hududlarda ham keng ommalaştiriş, aniqlangan muammolarni bartaraf etiş va belgilangan vazifalar ijrosini izçil taʼminlaş masalalari qayd etildi.
Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlarning savollariga soha mutaxassislari tomonidan atrofliça javoblar berildi, taklif va mulohazalar bildirildi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (suratlar), ÖzA muxbirlari