Xorazmlik yoşlar yangi “Start Up” loyihalarini namoyiş etdi
Urganç şahridagi “IT PARK Xorazm” filialida O‘zLiDeP Xorazm viloyat kengaşi taşabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Kreativ tadbirkor yoşlar” forumi bölib ötdi.
Unda yoşlarning biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, innovatsion ğoyalar va startap loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Forumda yoşlar özlarining zamonaviy biznes ğoyalari va loyihalarini taqdim etdilar. Xususan, kiberxavfsizlik, robototexnika, sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, taʼlim va savdo yönalişlaridagi taşabbuslar iştirokçilar eʼtiborini tortdi. Ular orasida “Aqlli xonadon”, “Mebelchi”, “SAT ta’lim platformasi” va “Global Path” kabi loyihalar ham bor.

Taqdimotlar davomida yoşlarning ğoyalarini amaliy biznes loyihalarga aylantiriş, ularni rivojlantiriş va yangi iş örinlari yaratiş imkoniyatlari haqida fikr almaşildi. Bunday uçraşuvlar yoşlarga öz salohiyatini namoyon etiş, tajriba orttiriş va yangi hamkorlar topiş uçun imkoniyat yaratadi.

Forum yakunida faol iştirok etgan yoşlar va istiqbolli loyihalar mualliflari O‘zLiDePning taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri