Bugun ekilgan nihol ertangi avlodga qolguvçi merosdir
Bugun tabiatni asraş, yaşil hududlarni kengaytiriş va ekologik muvozanatni taʼminlaş masalasi nafaqat atrof-muhit muhofazasi, balki aholi salomatligi va kelajak avlod taqdiri bilan boğliq muhim vazifaga aylanmoqda. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan "Yaşil makon" umummilliy loyihasi ham aynan şu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Uşbu taşabbus doirasida mamlakatimizda daraxt ekiş, boğ-roğlar barpo etiş va aholi yaşaş manzillarini obodonlaştiriş işlari izçil davom etmoqda.
Buxoro viloyati Qoraköl tumanida ham mazkur loyiha doirasida keng kölamli köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. Özbekiston mahallalari uyuşmasi Buxoro viloyati boşqarmasi hamda tuman hokimligi hamkorligida ötkazilgan tadbirda korxona va taşkilotlar rahbarlari, xodimlar, keng jamoatçilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar faol iştirok etişdi.
Tadbir davomida hududning iqlim va tuproq şaroitiga mos manzarali hamda mevali daraxt köçatlari ötqazildi. Bu bilan nafaqat mahalla qiyofasini yanada körkamlaştiriş, balki yaşil hududlarni kengaytiriş, havo musaffoligini taʼminlaş va ekologik muhitni yaxşilaşga ham hissa qöşildi.
— Köçat ekib, boğ yaratiş, tabiatni asrab-avaylaş xalqimizning ming yillardan buyon davom etib kelayotgan qadriyatlaridan biri. Ajdodlarimiz yangi tuğilgan farzand şarafiga uning ismi bilan daraxt ekişgan. Farzand ham, daraxt ham birga kamol topgan. Biz ham bu ezgu anʼanani davom ettirib, bugungi avlodga yaşil, soğlom va obod muhit qoldirişimiz ham qarz, ham farzdir, — deydi tuman hokimi Xurşid Tohirov.


Darhaqiqat, daraxt ekiş bir kunlik tadbir yoki mavsumiy iş emas. Uning haqiqiy samarasi yillar davomida körinadi. Şu bois tadbirda yaşil hududlarni kengaytiriş faqat köçat ötqaziş bilan çeklanib qolmasligi, balki ularni öz vaqtida suğoriş, parvarişlaş va asrab-avaylaş ham birdek muhim ekaniga alohida eʼtibor qaratildi. Masʼullarga ekilgan har bir niholning tutib ketişi va kelgusida soğlom rivojlanişini taʼminlaş böyiça tizimli nazorat örnatiş vazifasi yuklatildi.
Tadbirning yana bir eʼtiborli jihati — unda yoşlar vakillarining faol iştiroki böldi. Zero, tabiatga mehr, daraxt ekiş va uni parvarişlaş madaniyati yoşlikdan şakllanadi. Bu borada katta avlod vakillarining hayotiy tajribasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
— Bugun yoşlarga boğ yaratiş sirlarini örgatib, köçat ötqazişda birga qatnaşayotganimiz juda quvonarli. Kun kelib, bugun parvarişini boşlagan nihollar soyasida qişloqdoşlarimiz dam olib, bizni duo qilişadi, — deydi mehnat faxriysi Baxtiyor Raҗabov.
Bunday ezgu taşabbuslarning kölami viloyat miqyosida ham izçil kengaymoqda. Jumladan, 2026-yil bahorgi köçat ekiş mavsumida Buxoro viloyati böyiça 1 million 417 ming 762 tup köçat ekildi. Natijada belgilangan reja 15,2 foizga oşirilib, ijro 115,2 foizni taşkil etdi.
Eʼtiborlisi, bahorgi mavsumda asosiy eʼtibor nafaqat köçat ekiş, balki ularning tutib ketişi, suğorilişi va öz vaqtida parvarişlanişiga ham qaratildi. Bu esa loyihada miqdor körsatkiçlaridan köra, amaliy natija va barqarorlik muhim örin tutayotganini körsatadi.


Endilikda viloyatda 2026-yil kuzgi köçat ekiş mavsumini samarali taşkil etiş böyiça işlar boşlangan. Mavjud rejaga muvofiq, viloyatning 516 ta mahallasida jami 3 million 109 ming 400 tup daraxt va buta köçatlari ekilişi belgilangan.
Hududlar kesimida rejalar ham aniq belgilab olingan. Jumladan, Jondorda 389,1 ming, Ğijduvonda 365,8 ming, Romitonda 357,7 ming, Qorakölda 311,2 ming, Vobkentda 299,1 ming, Buxoro tumanida 271,6 ming, Peşköda 275,8 ming, Şofirkonda 238,8 ming, Kogon tumanida 173,2 ming, Olotda 69,6 ming, Buxoro şahrida 42,3 ming, Qorovulbozorda 30,3 ming hamda Kogon şahrida 22,6 ming tup daraxt va buta köçatlari ekiş rejalaştirilgan.
Uşbu körsatkiçlar “Yaşil makon” loyihasi Buxoro viloyatida ham keng qamrovli ekologik harakatga aylanayotganini anglatadi. Ayniqsa, har bir mahallada yaşil hududlar barpo etilişi, aholi va jamoatçilikning bu jarayonga jalb qilinişi işning uzviyligini taʼminlaydi. Çunki yaşillikni köpaytiriş faqat obod manzara yaratiş emas, balki çang va issiq havo taʼsirini kamaytiriş, soğlom turmuş muhitini şakllantiriş, suv va tuproq resurslarini asraşga ham xizmat qiladi.


Qoraköldagi bugungi tadbir ham ana şu umummilliy harakatning mahalladagi amaliy ifodasidir. Unda Özbekiston mahallalari uyuşmasi Buxoro viloyati boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov ham iştirok etib, loyihaning ahamiyati, mahallalarda yaşil hududlarni köpaytiriş va bu jarayonda jamoatçilik masʼuliyatini oşiriş masalalariga töxtaldi.
Eng muhimi, bugun yerga qadab qöyilgan har bir nihol kelajakka qaratilgan ezgu niyatning ifodasidir. Uning soyasida ertaga bolalar öynaydi, keksalar hordiq çiqaradi, mahallalar yanada körkam qiyofa kasb etadi. Buning uçun esa köçat ekiş bilan birga uni asrab-avaylaş, parvarişlaş va yaşil meros sifatida kelajak avlodga yetkaziş har birimizning umumiy burçimizdir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri