Anchelotti Neymarning so'nggi turda qaydnomaga kiritishini tasdiqladi
Neymar qaytmoqda.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning JCh-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyaga qarshi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilishini tasdiqladi.
Gaiti ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng italiyalik mutaxassis hujumchining holati haqida ma’lumot berdi.
“Ertaga Neymar individual mashg‘ulot o‘tkazadi. Yakshanba kuni esa umumiy guruh bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Shundan so‘ng u Shotlandiyaga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritiladi”, — dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Neymar sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab JCh-2026 doirasida hozircha birorta ham uchrashuvda maydonga tushmadi. Biroq braziliyalik yulduz mundialdagi debyut o‘yinini o‘tkazishga juda yaqin turibdi.