Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş masalalari muhokama qilindi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan öquv-seminar taşkil etildi.
Tadbirni Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining maʼnaviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi — departament boşliği P.Dabilov boşqarib bordi.
Öquv-seminar davomida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi boşliği F.Bobajanov tomonidan mazkur Qonunning huquqiy asoslari, ilmiy tamoyillari va amaliy ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, Qonun talablarini amaliyotga tatbiq etiş, taşkilot va muassasalarda davlat tilida iş yuritiş jarayonlarini takomillaştiriş, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosidan samarali foydalaniş hamda mazkur yönalişda mavjud masalalarni töğri hal etişga alohida eʼtibor qaratildi.
[gallery-32493]
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, tegişli tuşuntiriş va tavsiyalar oldilar.
Mazkur öquv-seminar davlat tilining nufuzini yanada oşiriş, qonunçilik talablarini keng jamoatçilikka yetkaziş, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosidan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş hamda taşkilot va muassasalarda davlat tilida iş yuritiş samaradorligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA